KOROLYOV Sergey Pavlovich [1906. 30.12(1907.12.1), Jitomir – 1966.14.1, Moskva] — raketa-kosmik sistemalari boʻyicha rus olimi, konstruktor, akad. (1958). Kosmik fazoni oʻzlashtirish tarixidagi dastlabki yutuqlar Korolyov nomi b-n bogʻliq. 1924-y. Odessadagi professional qurilish maktabini tugatgan. Kiyev politexnika in-tini (1926), Moskva Oliy texnika bilim yurtini va ayni vaqtda, Moskva uchuvchilar maktabini tugatgan (1930). Korolyov Siolkovskiy ishlari bilan tanishgach, Korolyov raketa tipidagi uchuvchi apparat yaratish gʻoyasi bilan qiziqadi. Korolyov rahbarligida 1933-y. avg. da suyuq yonilgʻili birinchi raketa «GIRD09» uchirildi. 1933-y. oxiridan Reaktiv i-tda, 1942—46 y. larda Konstruktorlik byurosi boʻlimida ishladi. U boshqariladigan kanotli raketa (1939-y. uchirilgan) va raketa-planyor (1940-y. uchirildi) loyihasini ishlab chiqqan. Korolyov seriyalab ishlab chiqariladigan harbiy samolyotlarga suyuq yonilgʻili raketa tezlatkichlari oʻrnatish masalasi bilan shugʻullangan. Korolyovning keyingi ilmiy faoliyati qudratli raketa sistemalari yaratishga qaratildi. Uning rahbarligida ballistik va geofizik raketalar, eltuvchi raketalar, bortida kosmonavtlari boʻlgan«Vostok» va «Vosxod» kosmik kemalari, Yer va Oy sunʼiy yoʻldoshlari yaratilgan. Oy, Venera va Marsga uchirilgan avtomatik st-yalar, «Elektron», «Molniya-1», «Kosmos», «Zond» seriyasidagi sunʼiy yoʻldoshlar ham Korolyov rahbarligida ishlab chiqilgan. Oyning teskari tomonidagi talassoidga. Korolyov nomi berilgan.
As: Raqstnыy polyot v stratosfere, M., 1934.
Ad.: Astashe n kov P. T., Akademik S. P. Korolyov, M., 1969; Romanov O. P., Konstruktor kosmicheskix qorabley, 2 izd., M., 1971.
KOPOHAP KAMCHILIK (lot. sogo narius — toj) — koronar qon aylanishining anatomik funksional buzilishi (yana q. Yurakning ishemik kasalligi).