KONUS (yun. konos — dubulgʻa uchi) — yopiq konus sirt va uni hosil qiluvchilarni kesuvchi S uchidan oʻtmaydigan tekislik bilan chegaralangan geometrik jism. Tekislikning Konus sirt ichida joylashgan qismi Konusning asosi deyiladi. Konus sirtning uchi va Konus asosi bilan chegaralangan qismiga Konusning yon sirti deyiladi. Agar Konusning asosi doiraviy boʻlsa, Konus doiraviy Konus deyiladi. S uchi shu doiraning markaziga proyeksiyalansa, Konus toʻgʻri doiraviy Konus deyiladi, SO kesma esa K. ning balandligi deyiladi (rasm). Toʻgʻri burchaqli uchburchak oʻzining biror kateti atrofida aylantirilsa, toʻgʻri doiraviy K. hosil boʻladi. Toʻgʻri doiraviy K. ning yon sirti SiH = nRL, hajmi V = – ^-irr~h formula bilan hisoblangan, bunda: L yasovchisi, R — K. asosining radiusi, h — K. balandligi. Konusni uning asosiga parallel yana bir tekislik bilan kesilsa, kesik K. hosil boʻladi. Uning yon sirti SiH = (nR + r), hajmi V — u 7g( R + — K. +rL+Rr)h, formula bilan topiladi, bunda R, g — kesik K. asoslari radiusi, h — kesik K. balandligi, / — kesik K. yasovchi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые