TANKER

TANKER (ingl. tanker; tank — bak, idish, sisterna) — suyuq yuklar (neft, bitum, mazut, kislotalar, suyuq oltin gugurt, oʻsimlik yogʻi va b.)ni kema sisternalari (tanklar)ga quyib tashish uchun moʻljallangan bir palubali, oʻziyurar maxsus kema. Tanker lardan 19-a. 70y. laridan boshlab foydalaniladi. Tanker mashina boʻlmasi, yashash va xizmat xonalari va yuk boʻlmasidan iborat. Yuk boʻlmasi Tankerning kattakichikligiga qarab bir necha koʻndalang boʻlmachalar (tanklar) ga boʻlinadi. Tanker yongʻinni oldini olish va oʻchirish jihozlari bilan taʼminlanadi. Kichkina va oʻrtacha kattalikdagi Tankerga dizelenergetika qurilmasi, yirik T. ga bugʻturbinali qurilma oʻrnatiladi. Tankerning sigʻimi (dedveyti) — 500 ming t dan ortiq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x