SHAYX MUXTOR VALIY MAQBARASI

SHAYX MUXTOR VALIY MAQBARASIXorazm viloyati Yangiariq tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (14-a.). Katta va kichik xona hamda goʻrxonadan iborat. Katga xonaning toʻrt tomoni chuqur ravoqli, keyinchalik yonlaridagi hujralarga eshik ochilgan. Kichik xonaning ham burchaklarida hujralar, shuningdek, ziyoratxona qurilgan. Orqasida 2 goʻrxona, halimxona va omborxona bor. Maqbarada Shayx Muxtor Valiy, uning xotini va yaqin kishilari qabrlari joylashgan. Maqbara hajmi xar xil toʻrtburchak gʻishtlardan qurilgan. Yogʻoch oʻymakorligi bilan nafis bezatilgan 4 eshik saqlangan, bularning birida usta Zayniddin ibn Odina Muhammadning nomi yozilgan. Muhammad Rahimxon hukmronligi davri (1806 — 25)da taʼmir etilib, yangi bir ustunli ayvon va qorixona qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x