SHOLOMALEYXEM (taxallusi; asl nomi Sholom Noxumovich Rabinovich) [1859.18.2(2.3), Ukraina, Pereyaslav shahri — 1916.13.6, Nyu-York] — yahudiy yozuvchisi. Asosan, Rossiyada, 1914-yildan AQSHda yashagan. Ivrit, idish va rus tillarida yozgan. Ijodining ilk davrida rus va yahudiy adabiyotlaridagi demokratik anʼanalarga ergashgan. Asarlarida chor Rossiyasidagi yahudiylar hayoti, yahudiy doiralarining boylikka ega boʻla borishi (kapitallashuvi) aks etgan («Sender Blank va uning oilasi» romani, 1887); yorqin milliy obrazlar silsilasi yaratilgan, bular: oʻz xomxayollari va boyish istagi qurboni boʻlgan ishbilarmon («Menaxem Mendl» novellalar turkumi, 1892), halol mehnatkash, begʻambetashvish xalq faylasufi («Sutchi Tevye» novellalar turkumi,. 1894-1914), chor Rossiyasidagi oddiy ijodkor shaxs va AQSHdagi yahudiy muhojirlari taqdiri [«Bulbul Iosele» (1889) va «Adashgan yulduzlar» (1909—11) romanlari], AQSHga koʻchib ketayotgan kambagʻallar («Bolakay Motl» qissasi, 1907—16) va boshqalar «Toʻfon» romani (1906) 1905-yildagi inqilobiy voqealar haqida, «Qonli hazil» romani (1913) esa Beylis ishi (nohaq ayblangan yahudiy ustidan sud jarayoni)ga javob tariqasida yozilgan. Umrining oxirgi yillarida yoza boshlagan «Yarmarkadan» romani tugallanmay qolgan. Sholomaleyxem ijodida yumor va lirizm uygʻunlashib ketgan, aniq ruhiy va maishiy tafsilotlar, demokratik nuqtayi nazar yorqin aks etgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии