SHOVOT

SHOVOTXorazm viloyati Shovot tumanidagi shaharcha (1972-yildan), tuman markazi. Shovot kanalining chap sohilida. Viloyat markazi (Urganch shahri)dan 40 km shim. gʻarbda, t. y. stansiyasi. Aholisi 15,8 ming kishi (2004). 1681-yilda Eski Vadoq kanali oʻrnida yangi Shohobod (Shovot) kanalining barpo etilishi munosabati bilan Xiva xoni Anushaxon Abulgʻoziy Bahodirxon oʻgʻli tomonidan asos solingan va nomini ushbu kanal (Shohobod, shevada Shovot) nomidan olgan.

Shovotda paxta tozalash, gʻisht, podshipnik zdlari, ipyigiruv f-kasi, un, maishiy xizmat koʻrsatish ktlari, avtokorxona va boshqalar joylashgan. Mustaqillik yillarida 10 ta yirik (charm ishlab chiqarish, temirbeton, «Binokor» maishiy xizmat koʻrsatish, «Istiqbol», «Oʻzbekiston» va boshqalar) korxona ishga tushirildi. «Semurgʻ», OʻzbekistonGermaniya «Shovotteks» qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi.

Shaharchada 6 umumiy taʼlim maktabi, 4 kasb-hunar kolleji, Komiljon Otaniyozov nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kutubxona, 3 ashula va raqs xalq dastasi, 1 musiqa maktabi, 3 bolalar kutubxonasi, «Shohobod» markaziy stadioni, 22 tibbiy xizmat koʻrsatish muassasasi mavjud. Markaziy kasalxona (570 oʻrin), 3 poliklinika, 7 dorixona faoliyat koʻrsatadi.

Sh. Turkmanistonning Toshhovuz, Qoraqalpogʻistonning Mangʻit, Nukus, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot shaharlari bilan avtomobil va t. y. lari orqali bogʻlangan Shovot — Toshkent poyezdi yurib turibdi. Shovotdan viloyat markazi Urganchga avtobus qatnaydi.

Ad.: Abulgʻoziy Bahodirxon, Shajarai turk, T., 1991; Xorazm tarixi, Urganch, 1995.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x