TYANSHAN ZILZILASI

TYANSHAN ZILZILASI — yer yuzida sodir boʻlgan eng dahshatli yer qimirlashlaridan biri, 1976-y. ning 27-iyulida Xitoyning Tyanshan viloyatida boʻlib oʻtgan. Zilzila markazidan tarqalgan tebranish kuchi 9—10 ball, magnitudasi 8 ga yetgan. Imorat va inshootlar butunlay yakson boʻlgan, 650 mingga yaqin odam halok boʻlib, 780 mingga yaqini jaroxatlangan deb taxmin qilinadi. Zilzila oʻchogʻidan tarqalgan toʻlqinlar radiusi 500 — 600 km keladigan joylarda ham kuchli sezilgan va juda katta iqtisodiy zarar yetkazgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x