TORTISHMACHOQ — oʻyin turi; qad. zamonlardan bolalar, yoshlar va kattalar oʻrtasida qoʻllanib kelingan. Arqon tortish, arqon talashish, tortishuv, bellashuv nomlari bilan xam ataladi. Navroʻz bayrami, xalq sayillari, toʻylar va b. marosimlarda Tortishmachoq boʻlgan. Tortishmachoqning, asosan, 2 turi bor. Birinchisida, maydonchaning oʻrtasidan koʻndalang chiziq oʻtkaziladi. Yoshi, kuchi va jinsi jihatidan bir xil ikki jamoa tuzilib qaramaqarshi tomonga turadi. Ular maydoncha oʻrtasida sertugun arqonni oʻz tomonlariga tortishga shay turishadi. Hakam hushtak chalishi bilan har bir tomon kuch bilan arqonni torta boshlaydi. Arqonning oʻrtasidagi rangli tasma (lenta)ning koʻproq qismini oʻz chizigʻidan oʻtkazgan jamoa gʻolib hisoblanadi. Tortishmachoqning 2turida arqon ishlatilmaydi. Maydonchaning qaramaqarshi tomonlariga parallel 2 chiziq oʻtkaziladi. Jamoalar ichidan baquvvat oʻyinboshchilar tayinlanadi. Ular qoʻllariga qiyiqchabelbogʻni mahkam bogʻlab olishadi. Jamoa aʼzolari esa ketma-ket boʻlib oldindagi sherigining belidan mahkam quchoqlab shaylanib turishadi. Hakamning ishorasi bilan jamoalar Tortishmachoq boshlaydilar. Qaysi jamoa 1boʻlib oʻrtadagi 2 ta chiziqdan raqib oʻyinchilarni oʻziga tortib oʻtkaza olsa, oʻsha jamoa gʻolib sanaladi.
Talʼat Usmonxoʻjayev.