TOPAZ (yun. topazos — Kizil dengizdagi orol nomidan) — orolli silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Al2[SiO4][OH,F]r Fe2Q, Fe3Q, Ti, Cr, V va b. aralashmalarga ega. Romb singoniyada kristallanadi. Rangsiz, och sariq, och havo rang, pushti boʻlib, nur taʼsirida oʻzgaradi. Topazning 60—80 kg dan 120 kg gacha boʻlgan kristallari maʼlum. Qattikligi 8, zichligi 3,4—3,6 g/sm3. T. asosan, rangli pegmatit va pnevmotolit konlarida dala shpati, kvars, turmalin, berill, volframit, kassiterit bilan birga, baʼzan esa sochmalarda uchraydi. Topazning piknit, fizalit (pirafizalit) kabi turlari mavjud. Shaffof Topaz — uchinchi tartibli qimmatbaho tosh. T. li jinslar (greyzenlar) olovbardosh material sifatida ishlatiladi. Topaz konlari Ukraina, RF (Ural), Braziliya, Madagaskar va Yaponiyada mavjud. Oʻzbekistonda Qurama, Chatqol va Markaziy Kizilkum togʻlaridagi feyzenlarda uchraydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые