SOVUQ OLISHI

SOVUQ OLISHI (tibbiyotda) toʻqimalarning zararlanishi. Sovuq olishida toʻqimalar zararlanishiga, asosan, qon tomirlarining sovuq taʼsirida davomli torayishi natijasida ularda roʻy beradigan turgʻun oʻzgarishlar sabab boʻladi. Faqat qattiq sovuq kunlari emas, balki yogʻingarchilik va shamolli havoda harorat nul daraja atrofida boʻlganda ham So. mumkin. Kishi uzoqvakt sovuqda boʻlganida termoregulyatsiyaning tabiiy mexanizmlari gavdaning periferii qismida joylashgan organlar t-rasini normal holatda saqlay olmay, astasekin qon aylanishi pasayadi, keyin vaqtincha toʻxtab ham qoladi. Organizm sovuqqa bardosh berolmaydi, toʻqimalarda chuqur oʻzgarishlar roʻy beradi, hujayralar oʻladi. Qon tomirlar spazmi belgilaridan biri — organning sezish qobiliyati yoʻkrlishi va terining oqarishidir. Tor kiyimbosh va poyabzal (qon aylanishini qiyinlashtiradi), nam kiyim kiyish, kasalliklar oqibatida organizmning kuchsizlanib qolishi, qon yoʻqotish va b. S. o. ga sabab boʻladigan omillardir.

Koʻpincha qoʻl va oyoq barmoqlari, burun va quloq chigʻanogʻini sovuq oladi. Bilak, boldir boʻgʻimlarining yuqori qismi va gavdaning katta sathi (dumba, qorin va b.)ni Sovuq olishi kamdankam uchraydi, odatda, kishi muzlab qolgandagina bu sohalarni ham sovuq oladi. Gavdaning sovuq olgan qismi oʻziga xos koʻrinishda boʻladi; teri oqaradi yoki koʻkimtir tusga kiradi, qoʻloyoqlar qotib qolgandek tuyuladi. Issiq qilingach, sovuq olgan joylar darrov shishadi, soʻngra Sovuq olishi darajasiga qarab toʻqimalarda yalligʻli oʻzgarishlar roʻy beradi yoki ular oʻladi (nekroz). Sovukdan zararlanish holatiga koʻra, Sovuq olishi 4 darajaga boʻlinadi. 1darajali Sovuq olishi ancha yengil boʻlib, zararlangan joy isitilgach shishadi va teri koʻkimtir tusga kiradi; 2darajali Sovuq olishida terida tiniq suyuqlik yigʻilgan pufakchalar paydo boʻladi; 3darajali Sovuq olishi ogʻir kechadi, terida qon aralash suyuklik yigʻilgan pufakchalar paydo boʻlib, bir necha kundan soʻng ular oʻrnidagi toʻqimalar oʻladi va irib tushib ketib, oʻrnida chandiqlar hosil boʻladi. Sovuq olishining 4darajasi juda ogʻir kechadi, bunda faqat teri shikastlanib qolmay, boshqa yumshoq toʻqimalar va hatto suyak ham oʻzgarishlarga uchraydi, natijada toʻqimalar oʻladi. Vakt oʻtishi bilan ular qorayib, qovjirab quriydi va astasekin tushib ketadi. Jarohatlarning bitishi bir necha hafta va oygacha choʻzilishi mumkin, bu Sovuq olishining ogʻirengilligi, sovuqning qancha vaqt taʼsir qilganligiga bogʻliq. Shuning uchun sovukdan zararlangan kishini darhol issiq uyga olib kirib, uncha issiq boʻlmagan grelka qoʻyib isitish va zudlik bilan kasalxonaga joʻnatish kerak. Sovuq olishining oldini olish uchun organizmni sovuqqa chiniqtirish lozim. Sovuqqa chidamli kishilar organizmda issiqlik hosil boʻlishi birmuncha shidsatliroq boradi, bu esa terining qon bilan taʼminlanishini yaxshilaydi, tananing sovuqqa chidamliligini oshiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x