VOLTMILLIAMPERMETR — tok zanjiridagi kuchlanish va tok kuchini oʻlchaydigan elektr asbobi. Magnitoelektr, elektromagnit, elektrodinamik, issiqlik, toʻgʻrilagich va b. universal Voltmilliampermetrlar bor. Magnitoelektr Voltmilliampermetrlar oʻzgarmas tok kuchi va kuchlanishni, boshqalari esa oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok va kuchlanishni oʻlchaydi. Voltmilliampermetr kuchlanishni volt (V)da, tok kuchini milliamper (MA)da koʻrsatadi. Voltmilliampermetrlar kundalik turmushda va i. ch. da qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые