TOQI ZARGARON

TOQI ZARGARON (fors. — zargarlar toqi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (16-a.). Zargarlik buyumlari sotish uchun moʻljallangan savdo markazi. Gumbazi arablar bosqiniga qadar qurilgan deb taxm. qilinadi. Vosifiyiing 16-a. boshlarida yozgan asarida Buxoro chorsusi sifatida tilga olingan. Toqi zargaron Ulugʻbek madrasasi yonida, qad. shahriston markazi — 2 katta koʻcha kesishgan chorraha ustini qoplab turadi. Bino, asosan, 15-a. da qurilgan (16-a. da toʻlatoʻkis taʼmirlanganligi sababli shu yili bunyod etilgan deb taxm. qilinadi). Ulkan gumbaz 8 ta toqiga oʻrnatilgan. Tarhi 45,4×43,5 m, bal. 16,7 m, gumbazining asos aylanasi 14 m, poygumbazi koʻp qirrali, undagi 16 ta darcha orqali bino ichiga yorugʻlik tushib turadi. Atrofini oʻrab turgan doʻkonlar gumbazi bal. 5 — 7 m. Oʻtmishda uning dalonlarida 36 zargarlik ustaxonasi va doʻkonlar boʻlgan. Atrofiga savdo rastalari, ombor, karvonsaroylar qurilgan. Toqi zargaron Buxorodagi toqilarning eng yirigi va mujassamoti jihatidan murakkabi hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x