GURON

GURON, Xyuron (Huron — indeyslar qabilasi nomidan) — Shim. Amerikadagi koʻl, AQSH va Kanada hududlarida. Kattaligi jihatidan Buyuk koʻllar ichida 2-oʻrinda. Mayd. 59,6 ming km2. Eng chuqur joyi 208 m. Shim. sohillari baland, qoyali, jan. — past. Shim.-gʻarbda Sent-Meris daryosi orqali Yuqori koʻl b-n; Makino boʻgʻozi orqali Michigan koʻli b-n; jan. da Sent-Kler daryosi, Sent-Kler koʻli va Detroyt daryosi orqali Eri koʻli b-n tutashgan. Guronga koʻp mayda daryolar quyiladi, undan fakat Sent-Kler daryosi oqib chiqadi. Suv sathining balandligi deyarli oʻzgarmaydi. Dek. dan apr. gcha muzlaydi. Koʻl baliqqa boy (gulmoqi, taran, laqqabaliq va b.). Kema qatnaydi. Yirik portlari: Sarniya, Midlend (Kanada), Alpina (AQSH) va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x