GUBIN Viktor Ivanovich

GUBIN Viktor Ivanovich (1917.24.11, Vladivostok — 1975.22.4, Toshkent) — geofizik, Oʻzbekistan FA muxbir aʼzosi (1962), fiz. mat. fanlari dri (1958), prof. (1960), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). ToshDUni tamomlagan (1941). Toshkent Irrigatsiya va q. x. ni mexanzatsiyalash muhandislari in-tida ishlagan (1945 — 58), Oʻzbekistan FA Matematika in-ti direktori oʻrinbosari (1958 — 60) va direktori (1960 — 62), boʻlim boshligʻi (1963 — 75). Oʻzbekistan FA Fizika-texnika va matematika fanlari boʻlimi akad. kotibi (1962 — 63).

Gubin frontogenez uchun qulay sharoit vujudga keltiradigan usullarni topgan, meteorologik elementlarni oldindan aytib berish masalalarini tekshirgan; t-ra va bosimning advektiv oʻzgarishlarini oldindan hisoblash va bosim boʻyicha shamol tezligini aniqlash usulini taʼriflab bergan, qisqa muddatli ob-havoni oldindan aytib berishning miqdoriy usullarini mukammallashtirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x