GRUZIYA

GRUZIYA (Sakartvelo), Gruziya Respublikasi — Zakavkazyening markaziy va garbiy qismida joylashadi davlat. Mayd. 69,7 ming km2. Aholisi 5411 ming kishi (1996). Poytaxti — Tbilisi sh. Gruziya tarkibiga Abxaziya, Ajariya kiradi. 65 tuman, 62 shaqar va 52 shaharcha bor.

Davlat tuzumi. Gruziya — demokratik respublika. 1995-y. da qabul qilingan konstitutsiyaga binoan davlat va ijroiya qokimiyat boshligʻi — prezident (1995-y. 5 noyab. dan E. Shevardnadze). U aholi tomonidan umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat — parlament.

Tabiati. Gruziya tabiati xilma-xil. Hududi baland va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar, tepalik, pasttekislik, yassitogʻlik va platolardan iborat. Respublikaning shim. Katta Kavkaz (gruzincha Kavkasioni)ning oʻrta qismi bilan band. G. ning eng baland nuqtasi — Shxara togʻi (5068 m). Katta Kavkazning Gruziya dagi gʻarbiy qismida karst relyef shakllari uchraydi. Sharqida yosh vulkan togʻlari bor. Katta Kavkazning jan. dagi Kolxida va Iveri tekisliklarini Lix tizmasi ajratib turadi. Yana ham jan. rokda Kichik Kavkazning Gruziya qismidagi oʻrtacha togʻ (2850 m) tizmalari kenglik boʻylab choʻzilib yotadi. Respublikaning eng jan. chekkasi vulkan togʻligi (Didi-Abuli togʻi, 3301 m) b-n band.

Iqlimi subtropik iqlim bilan moʻtadil iqlim orasida. Kolxida pasttekisligida dengiz sathidan 500 — 600 m balandlikkacha nam subtropik iqlim (yanv. t-rasi 5 — 7°) boʻlib, yogʻin koʻp yogʻadi (1200 — 2600 mm). Iveri botigʻida yanv. ning oʻrtacha t-rasi —2° dan —3° gacha, qish bilan yoz t-rasi oʻrtasida tafovut katta, yogʻin kamroq (300 — 800 mm). Eng issiq oy — avg. t-rasi 23 ° — 26°. Gruziyaning jan. dagi togʻlikda iqlim ancha kontinental boʻlib, qishi qattiq sovuq, ozroq qor yogʻadi.

Foydali qazilmalardan marganes rudasi (Chiatura koni), toshkoʻmir (Tkibuli, Tkvarcheli) va neft (Kolxida va Tashqi Kaxeti), Katta Kavkazda nodir metall, polimetall va surma-mishyak konlari bor. Qurilish materiallari (marmar, slanes, sement xom ashyosi va b.) deyarli xamma joyda uchraydi.

Gruziya oʻzining xilma-xil maʼdanli suvlari b-n ajralib turadi; bu jihatdan dunyoda yetakchi oʻrinlarni egallaydi. Maʼdanli suvlar kimyoviy tarkibi boʻyicha gidrokarbonatli, xloridli, sulfatli va aralash guruhlarga, gaz miqdorining boʻlishiga qarab karbonat angidridli va nokarbonat angidridli turlarga boʻlinadi. Eng mashhur maʼdanli suvlari: Borjomi, Sairme, Nabeglavi, Zvare, Dzau, Lugela va b.

Gruziya daryolari Qora va Kaspiy dengizlari havzasiga mansub. Kura Kaspiyga, Rioni, Inguri, Kodori va b. Qora dengizga quyiladi. Gruziya gidroenergiya resurslariga boy. Gruziyada koʻl kam. Eng kattasi — Paravani (mayd. 37 km2); Ritsa (chuq. 116 m) va Amtkel (chuq. 72 — 122m). Tabaskuri, Palestomi va b. koʻllarda baliq ovlanadi.

Gruziyada qizil, sariq, qora, qoʻngʻir, jigarrang va kul tus-jigarrang tuproqlar uchraydi. Togʻ oʻrmonlarida qoʻngʻir oʻrmon tuproq, togʻ oʻsimliklari oʻsadigan joylarda — togʻ-oʻtloqi tuproq. Kolxida pasttekisligida botqoq va sargʻish kulrang podzol tuproqlar katta maydonni egallaydi.

Gruziyada 4500 turdan koʻproq gulli va 10000 ga yaqin sporali oʻsimlik bor. Relikt va endemik oʻsimliklar (dioskoreya, pontiya va Kavkaz rododendronlari, shamshod, lavr-olcha, xurmo va b.) koʻp. Maydonining 2/5 qismi oʻrmon. Togʻ oʻrmonlarida eman, grab, kashtan, qoraqayin, togʻlarning yuqori mintaqalarida qaragʻay, oqqaragʻay, qoraqaragʻay oʻsadi. Oʻrmonlarning yuqori chegarasidan 2800 — 3500 m balandlikkacha togʻ oʻtloqlari uchraydi.

Katta Kavkazning oʻtloq mintaqasida togʻ echkilari — serna, bezoar echkisi, togʻ takasi, qushlardan Kavkaz togʻ kurkasi (ular), oʻrmonlarda qoʻngʻir ayiq, asil bugʻu, elik, silovsin uchraydi. Umuman Gruziyada sut emizuvchilarning 100 ga yaqin turi, qushlarning 330, sudraluvchilarning 48 va baliqlarning 160ga yaqin turi mavjud. Tbilisi tabiiy milliy bogʻi, qoʻriqxonalar bor.

Aholisining koʻpchiligi gruzinlar (70% dan ortiq). Shuningdek, arman, rus, ozarbayjon, osetin, grek, abxaz, ukrain va b. yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2ga 77,5 kishi. Davlat tiligruzin tili. Aksariyat aholisi pravoslavlardir; katoliklar, protestant-lyuteranlar, musulmonlar ham bor. Aholining 56% shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Tbilisi, Kutaisi, Rustavi, Suxumi, Batumi.

Tarixi. Arxeologik qazilmalar bu yerda odam paleolit davridan boshlab yashab kelayotgani haqida maʼlumot beradi. Neolit davrida Gruziya hududida matriarxalurugʻchilik tuzumi boʻlib, eneolit davri va jez davrining boshlaridan (mil. av. 5 — 3-ming yillik) patriarxal-urugʻchilik tuzumi shakllangan. Jez davrining oxirlarida (mil. av. 1-ming yillikdan) urugʻchilik munosabatlari yemirilib, quldorlik jamiyati yuzaga kelgan. Mil. av. 2-ming yillikning oxirlarida gruzin kabilalarining yirik uyushmalari vujudga keladi. Mil. av. 6-a. da Kolxida (Gʻarbiy Gruziya), mil. av. 5 — 4-a. larda Iberiya yoki Kartli (Sharqiy, qisman Jan. Gruziya) podsholigi tashkil topdi. Shundan Gruziya nomi Sakartvelo (kartvelilar tilida gruzin davlatining nomi) kelib chiqqan. 523-y. Eron Iberiyani bosib olib, bu yerga oʻz noibini tayinlagan. Sosoniylar sulolasi inqirozga uchragach, Iberiya Eronga tobelikdan qutuldi va hokimiyat mahalliy hukmdorlar qoʻliga oʻtdi. 7 — 8-a. boshlarida Gruziya ningdeyarli hamma yerlarini arablar bosib olgan. Arablar hukmronligiga qarshi gruzin, alban va armanlar birgalikda kurash olib bordilar. 8 — 10-a. larda alohida-alohida podsholiklar (Kaxeti, Tao-Klarjeti, Abxaziya podsholigi) vujudga keldi. Podsholiklar oʻrtasida boshlangan oʻzaro kurash 10-a. ning 2-yarmi va 11-a. ning boshlarida Gruziya yerlarini podsho Bagrat III (975 — 1014) boshchiligida yagona davlatga birlashtirish bilan tugadi. Podsho Xoeyd «Quruvchi» davri (1089 — 1125)da Gruziya saljuq turklariga qarshi kurashib, Zakavkazyening koʻpgina qismini ozod qildi. Georgiy III (1156 — 84) va Tamara (1184 — 1213) podsholiklari davrida G. Yaqin Sharqdagi eng kuchli davlatlardan biriga aylandi, siyosiy-iqtisodiy va madaniy ravnaqqa erishdi, 12-a. ga kelib, siyosiy hokimiyat markazlashtirildi, q. x. ishlab chiqarishi ancha rivojlandi, shaharlarda hunarmandchilik va savdo ishlari taraqqiy etdi. Madaniyat va sanʼat ham ravnaq topdi. 1226-y. da xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi G. ni egalladi. 13-a. ning 2-choragidagi moʻgʻullar istilosi G. ning siyosiy birligiga, xoʻjaligiga putur yetkazdi. 14-a. ning 2-yarmida Gruziya Amir Temur qoʻliga oʻtdi. 16 — 18-a. larda Gruziyaga Eron va Turkiya bostirib kirdi. Ichki kurash kuchaydi, natijada Gruziya bir necha mustaqil davlatga (Kartli, Kaxeti, Imereti podsholiklari va Samsxe, Guriya, Svaneti, Abxazeti knyazliklariga) ajralib ketdi. 18-a. ning 2-yarmidan Kartli-Kaxeti davlati ancha kuchaydi. Iraqliy II eng yirik knyazliklarni oʻziga boʻysundirib, davlatni qaytadan tiklash, xoʻjalik va savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish yoʻlida koʻp tadbirlar koʻrdi.

17 — 18-a. larda Gruziyada adabiyot va tarixshunoslik jonlandi, kitob nashr etila boshladi. 18-a. ning 2-yarmida Rossiya-G. munosabatlari vujudga kela boshladi: 1783-y. Georgiyevsk sh. da Rossiya bilan Kartli-Kaxeti podsholigi oʻrtasida doʻstlik shartnomasi tuzildi. Birok, Rossiya imperiyasi shartnomada belgilangan majburiyatlarini buzib, 1801-y. Sharqiy Gruziyani, 1803 — 64 y. larda Gʻarbiy Gruziyani ham bosib oldi. Bu esa ochiqdan-ochiq bosqinchilik edi, mana shu xiyonatkorlik sababli Imereti podsholigi va Gruziya knyazliklari tugatildi.

Gruzin xalqi milliy davlatchilikni tiklash uchun, ruslashtirish siyosatiga qarshi kurashdi, bir qancha isyonlar koʻtarildi. Shu bilan birga Gruziya yerlarini qisman birlashtirish imkoniyati tugʻildi.

19-a. ning 2-yarmidan gruzin xalqi milliy ozodlik harakatining yangi bosqichi boshlandi. Ammo Gruziyaning milliy davlatchiligini qayta tiklash masalasi Rossiyadagi 1917-y. Fevral inqilobidan, ayniqsa bolsheviklarning Oktyabr toʻntarishidan soʻng qatʼiy qilib qoʻyildi.

Bolsheviklar Rossiyadagi hokimiyatni qoʻlga olganidan keyin Zakavkazyening nufuzli siyosiy kuchlari Shoʻro hokimiyatini tan olmadilar va 1917-y. noyab. da mustaqil boshqaruv (Zakavkazye komissarligi)ni oʻrnatdilar. Natijada Zakavkazye Federatsiyasi shakllandi, biroq uning tarkibiy qismlari iqtisodiy va siyosiy manfaatlari har xilligi, shuningdek, Turkiya bilan munosabatlar keskinlashganligi sababli federatsiya yashashga noqobil boʻlib chiqdi va tez orada barbod boʻldi. Gruziya hududining bir qismi (Batumi, Ozurgeti, Axalsixe) ni Turkiya egallab oldi.

Gruziyaning 1-milliy qurultoyi tomonidan 1917-y. da saylangan vakolatli xalq organi — G. Milliy Kengashi 1918-y. 26-mayda mamlakatni mustaqil deb eʼlon qildi va G. Demokratik Respublikasini tuzdi. 1919-y. martda Milliy Kengash taʼsis majlisiga aylantirildi. Respublika hukumati davlat chegaralarini belgiladi, gruzin tilini davlat tili deb eʼlon qildi, maktablarni davlat ixtiyoriga oldi, davlat boshqaruv idoralari va sudlov ishlarini isloh qildi, mayda millatlar uchun maktablar ochdi va h. k. 1921-y. 21 fev. da Taʼsis majlisi G. Demokratik Respublikasining konstitutsiyasini qabul qildi. Biroq tez orada bolsheviklar Rossiyasi Gruziya mustaqilligini tan olish toʻgʻrisida 1920-y. 7-mayda oʻzi imzolagan shartnomani buzdi va 1921-y. 25 fev. da Qizil Armiya Tbilisi sh. ni ishgʻol qildi. Gruziya hukumati aʼzolari chet elga ketishga majbur boʻldi. Gruziya yana zabt etildi va bolsheviklar hukmronligi davrida 1922-y. dan 1936-y. gacha Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi, 1936-y. 5 dek. dan esa bevosita sobiq SSSR tarkibiga kirdi.

Sovet hokimiyati davrida tuzilgan davlat muassasalari rasmiy tusda boʻlib, hamma ish Moskva koʻrsatmasi bilan qilinardi. Mustabid tuzumning shafqatsizliklariga qaramay, gruzin xalqi milliy mustaqillik uchun kurashni toʻxtatmadi, faqat kurash usullarigina oʻzgardi. 1924, 1953 va 1989-y. lardagi gʻalayonlar armiya yordamida bostirildi. 1990-y. okt. da G. Oliy Kengashi mamlakat nomini Gruziya Respublikasi deb atash toʻgʻrisida qonun qabul qildi, davlat gerbi, bayrogʻi va madhiyasi matni hamda musiqasi oʻzgartirildi. 1991-y. 9 apr. da Gruziya davlat mustaqilligi tiklandi. 1991-y. apr. da Oliy Kengash tomonidan G. Respublikasi prezidenta lavozimi taʼsis etildi, may oyida 3. Gamsaxurdia prezident etib saylandi. 1992-y. yanv. da ichki siyosiy kuchlarning qarama-qarshiligi va aholi koʻpchilik qismining prezident olib borayotgan siyosatdan noroziliklari tufayli shu paytda tuzilgan Harbiy Kengash 3. Gamsaxurdiani lavozimidan chetlashtirdi. 1992-y. martda Harbiy Kengash tugatilib, E. Shevardnadze boshchiligida Davlat kengashi tashkil etildi. 1992-y. 11 okt. da boʻlib oʻtgan umumxalq saylovlarida G. Respublikasi parlamentining yangi tarkibi va raisi, 1995-y. 5 noyab. da mamlakat prezidenta saylandi. Gruziya — 1992-y. dan BMT aʼzosi. 1993-y. da u MDHga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekistan bilan Gruziya oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992-y. 16-martda oʻrnatilgan. Milliy bayrami — 26-may — Davlat mustaqilligi qayta tiklangan kun.

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. G. fukarolari parlament ittifoqi (raisi E. Shevardnadze), Demokratik tiklanish ittifoqi (raisi A. Abashidze), Milliy-demokratik partiya (raisi I. Sarishvili), Sotsialistik partiya (raisi V. Rcheulishvili), Xalq partiyasi (raisi M. Georgadze), Leyboristlar partiyasi (raisi Sh. Natelashvili) va parlamentdan tashqari ish yurituvchi yana bir necha partiya bor. Erkin kasaba uyushma birlashmalari ishlab turibdi.

Xoʻjaligi. Gruziya sanoati va q. x. rivojlangan mamlakat. Milliy daromadda sanoatning ulushi oʻrtacha 34%, q. x. ulushi 29%. Marganes rudalar, ferroqotishma, poʻlat quvur, elektrovoz, yuk avtomobillari, metall qirqish stanoklari i. ch. yetakchi tarmoqlardir.

Sanoati. Gruziya sanoati tarkibida ke-yingi vaqtlarda ogʻir sanoat tarmoqlari muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Oziq-ovqat sanoati ham asosiy oʻrinda turadi. Yengil sanoat, mashinasozlik va metallsozlik tarmoklari yaxshi rivojlangan. Yirik transport, elektrotexnika va vibratsiya mashinalari, payvandlash apparatlari, elektrotexnika buyumlari, hisoblash texnikasi priborlari, suv osti kanotli katerlar ishlab chiqariladi. Elektr energetikasi gidroelektr st-yalar va yoqilgʻi bilan ishlaydigan st-yalardan iborat (Inguri GES, Rioni GES, Xrami Yiliga oʻrtacha 13,4 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Tkibuli va Tkvarchelida koʻmir qazib chiqariladi. Chiaturidagi katta marganes koni negizida konchilik sanoati rivojlangan. Marneulidagi mis-polimetall rudalarini qazib olish va boyitish asosida yangi tarmoq vujudga keltirildi.

2-jahon urushidan keyin Rustavida metallurgiya zdi qurib, ishga tushirildi. Turli quvur va prokat asosiy metallurgiya mahsulotidir. Rustavi azotli oʻgʻit, kaprolaktam va sintetik tola z-dlari va b. korxonalar kimyo sanoatini tashkil qiladi. Tbilisi, Kutaisi, Batumi va b. shaharlarda mashinasozlik va metallsozlik korxonalari, yirik elektrovozsozlik, avtomobilsozlik, stanoksozlik, asbobsozlik va elektrotexnika mahsulotlari z-dlari mavjud. Kaspi, Rustavidagi qurilish materiallari korxonalari sement, shifer, blok, yigʻma temir-beton, gisht, cherepitsa va b. ishlab chiqaradi. Tbilisi, Kutaisi, Batumi, Gori sh. laridagi yengil sanoat korxonalarida ipak, jun, ip gazlama, trikotaj, charm poyabzal va b. ishlab chikariladi. Oziq-ovqat sanoatida choy, vino, konyak, shampan vinolari, tamaki, sabzavot va meva konservalari i. ch. salmoqli oʻrin tutadi. Mahalliy maʼdanli buloqlardan, ayniqsa Borjomi bulogʻidan chiqadigan shifobaxsh suvlarni shishalarga quyish yoʻlga qoʻyilgan.

Qishloq xoʻjaligi. Dehqonchilik — Gruziya q. x. ning asosiy tarmogʻi. Mamlakat jami hududining 16,1% ga ekin eqiladi. Eng muhim ekini — choy (66 ming ga dan ortiq). Subtropik zonada sitrus (mandarin, apelsin, limon), subtropik mevalar (xurmo, anor, mushmula, feyxoa), tung (yuqori sifatli moy olinadigan oʻsimlik), asil lavr, bambuk va b. oʻstiriladi. Tokchilik — Gruziya q. x. ning kad. tarmogʻi. Gruziyada uzumning 400 dan ortiq navi bor. Uzum asosan Kaxeti, Imereti va Racha-Lechxumi tumanlarida yetishtiriladi. Rezavor mevalar ham koʻp miqdorda eqiladi. Donli ekinlardan makkajoʻxori, arpa, bugʻdoy, texnika ekinlaridan tamaki, kungaboqar, qand lavlagi, efir moyli ekinlar, sabzavot va kartoshka anchagina maydonni egallaydi.

Chorvachiligi asosan goʻsht-sut va goʻshtjun yetishtirishga ixtisoslashtirilgan; qoramol, choʻchqa, qoʻy, togʻli tumanlarda echki boqiladi. Koʻpgina tumanlarda parrandachilik va pillachilik rivojlangan.

Transporti mamlakat relyefi va iqlimiga, gidrografiya tarmogʻi, aholi zichligi, harakat tartibi va joylashuviga moslab uyushtirilgan. Elektrlashtirilgan t. y. uzunligi — 1,6 ming km ga yaqin. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari uz. — 21,6 ming km, jumladan qattiq qoplamali yoʻl — 20,3 ming km. Dengiz transporti rivojlangan. Asosiy dengiz portlari: Batumi, Poti. Tbilisi, Kutaisi, Suxumi, Batumida aeroportlar, koʻpgina tumanlarda mahalliy aeroportlar bor. Boku — Batumi neft quvuri, Shim. Kavkaz — Ozarbayjon gaz quvuri G. xududidan oʻtgan. Tbilisida metropoliten qurilgan. Yuk va yoʻlovchi tashiladigan osma yoʻllar tizimi mavjud. Gruziya dagi iqtisodiy beqarorlik va Gruziya — Abxaziya mojarosi oqibatida tashqi savdo tanazzul holatiga tushib qoldi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon. Pul birligilari.

Sogʻliqni saqlash. Kurort xoʻjaligi va sayyohlikka katta ahamiyat beriladi. Gruziya

ning togʻ va dengiz iqlimi birga qoʻshilib, koʻpgina dardlarni davolash uchun yaxshi sharoit yaratadi. Dengiz boʻyidagi past togʻ va oʻrta togʻ mintaqalari iqlimi yordamida davolash ayniqsa samaralidir. Boy va xilma-xil oʻsimlik dunyosi — qaragʻay, bukigna bargli va aralash keng bargli oʻrmonlar tabiat qoʻynida hordiq chiqariladigan va sogʻliqni tiklaydigan rohatijon maskanlar hisoblanadi. 80 ga yaqin kurortda har yili 2 mln. ga yaqin kishi dam oladi. Bir qancha sayyohlik bazalari va marshrutlari mavjud. Shifobaxsh buloqlar, balchiq va kare togʻlaridan ham tibbiy maqsadlarda foydalaniladi. Eng mashhur kurortlari: Gagra, Pitsunda, Yangi Afon, Suxumi, Maxinjauri, Kabule™, Abastumani, Gudauri, Sxaltubo, Menji, Shovi, Borjomi va b.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Qad. yunon tarixchilari bergan maʼlumotlariga koʻra, Gruziya hududidagi davlatlarda maorif antik davr namunasida tashkil etilgan. 3-a. ning 2-yarmida asos solingan Kolxida oliy ritorika maktabi (Kolxida akademiyasi) maorifni rivojlantirish sohasida koʻp ish qildi. 4-a. da xristianlik davlat diniga aylangach, cherkov va monastirlar huzurida maktablar ochildi. Biroq, chet ellik istilochilarning bosqinlari gruzin madaniyati rivojini uzoq vaqt toʻxtatib qoʻydi. 13-a. ga kelib, katta fan va maorif markazlari — Gelat (Gʻarbiy Gruziya) va Ikaltey (Sharqiy Gruziya) akademiyalari barpo etildi. 17-a. 2-yarmidan chet ellarda gruzin alifbo va daryoliklari bosila boshladi. Gruziya davlatchiligi tugatilgach (1801), maorif tizimi Rossiya namunasi asosiga oʻtkazildi. 2000-y. G. dagi 3500 dan koʻproq umumiy taʼlim maktabi va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 850 mingga yaqin bola oʻqidi. Gruzin va abxaz maktablari bilan bir qatorda rus, arman, ozarbayjon va osetin maktablari ham mavjud. Gruziyada 19 oliy oʻquv yurti, jumladan Tbilisi va Suxumi un-tlari, politexnika, q. x., tibbiyot va b. in-tlar bor. 2000-y. G. dagi oliy oʻquv yurtlarida 100 mingdan koʻproq talaba taʼlim oldi. 200 ga yaqin pullik oliy maktablar ham mavjud. Asosiy ilmiy kuchlar Gruziya Fanlar akademiyasiga birlashgan. 2000-y. G. da NO muzey ishladi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Gruziyada 250 gaz., 84 jur. hamda 200 nashriyot, 13 axborot agentligi fa-oliyat koʻrsatadi. Ammo 15 tacha gaz. va jur. muntazam ravishda chiqib turadi. Eng yirik rasmiy gaz. lari: «Sakart-velos Respublika», «Svobodnaya Gruziya», «Vechernыy Tbilisi». Nohukumat nashrlari: «Kavkasioni», «Droni», «Jorjian tayme», «Iveriya-ekspress», «Mimomxilveli», «Rezonansi», «Axalgazrda Iverieli» va b. gaz. lar. Gruziyada telekoʻrsatuvlar 1956-y. dan boshlangan. Davlat televideniye va radioeshittirish korporatsiyasi, «Sakinform» milliy axborot agentligi, «Imrinda», «Bi-EsPress», «BGI» mustaqil agentliklari, «Kavkasioni», «Iberviziya» xususiy telekompaniyalari mavjud.

Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalari zaminida paydo boʻlgan. Dahriy Amirani haqidagi epos mil. av. 3-a. dayoq maʼlum boʻlib, uning koʻp nusxalari hozirgacha yetib kelgan. Oʻrta asrlarda «Eteriani» (shahzoda Abesalomning podachi qiz Eteriga muhabba-ti haqida), «Areshidze knyazligining mahv etilishi». «Arsen haqida qoʻshiq» dostonlari yaratilgan. Mil. 5-a. da cherkov adabiyoti rivojlandi. 10-a. da Georgiy Mechulining avliyolar haqidagi «Grigoriy Dandzteli tirikchiligi» (951) asari paydo boʻldi. Qad. Gruziya adabiyotida 12-a. taraqqiyot davri boʻldi. Qahramonlik-gʻaroyibot hikoyalari («Ameriani — Daryojaniani»), romanlar («Visramiani»), madhiya dostonlari («Abdul-Messiya», «Tamariani») paydo boʻldi. Shota Rustavelining «Yoʻlbars terisini yopingan pahlavon» dostoni ham shu davrda yaratilgan.

17 — 18-a. larda gruzin xalqi siyosiy birlashishga intildi. Bu davrda «Afsonalar hikmati toʻgʻrisida» nomli masallar toʻplamining muallifi Sulxansaba Orbeliani, «Gruziya musibatlari» dostonining muallifi David Guramishvili, muhabbat lirikasi ustasi Besarion Gabashvili ijodi salmoqli oʻrin tutadi. 19-a. gacha boʻlgan Gruziya adabiyotida Sharq, birinchi navbatda fors adabiyoti anʼanalarining taʼsiri kuchli edi. 19-a. ning 1-yarmida G. Rossiya tomonidan bosib olingach, Yevropa madaniyati bilan mustahkam aloqa oʻrnatildi. Yosh gruzin adiblari romantizm gʻoyasini dadil qabul qildilar. Milliy ozodlik va ijtimoiy adolat gʻoyalarini kuylagan shoir A. Chavchavadze 19-a. G. adabiyotida romantizmni boshlab berdi. Bu anʼanani G. Orbeliani, N. Baratashvili davom ettirdi. 19-a. ning 2-yarmidan boshlab adabiyotda realizm tamoyillari paydo boʻldi. Komediyalar muallifi, Gruziya teatrining asoschisi G. Eristavi realizmning taniqli vakili edi. 19-a. 60-y. laridagi ijtimoiy vaziyat adabiyotning ravnaq topishiga imkon berdi. Tanqidiy realizm adabiyotda asosiy yoʻnalish boʻlib qoldi. Milliy ozodlik harakati gʻoyalarini I. Chavchavadze kuyladi («Sharpa», «Yoʻlovchi xotiralari» dostonlari, «Insonmi u» qissasi va b.). 19-a. 80-y. larida Gruziya adabiyotiga A. Kazbegi va Vaja Pshavela kirib keldi. A. Kazbegi qissalarida («Elguja», «Padarkush», «Xevisberi Gocha») togʻlik gruzinlar hayoti rang-barang boʻyoqlarda tasvirlangan. Vaja Pshavela dostonlari («Baloxoʻr», «Mehmon va mezbon», «Aluda Ketelauri», «Baxtrioni»), lirikasi va nasriy asarlarida oʻsha davrning falsafiy va axloqiy muammolari oʻz ifodasini topdi. 19-a. 90-y. larida Gruziya adabiyotida ijtimoiy hayotni qayta qurish masalalari markaziy oʻrinni egalladi. E. Ninoshvili, D. Kladiashvili oʻz asarlarida kambagʻal qishloq hayotining ayanchli manzarasini, dehqonlarning ogʻir hayotini tasvirladilar. 1917-y. okt. dagi davlat toʻntarishidan oldingi yillarda realistik adabiyot anʼanalarini Sh. Dadiani va N. Lordkipanidzelar davom ettirdi.

Gruziyada sovet hokimiyati oʻrnatilgandan keyin, bu yerda ham proletar madaniyati deb atalgan madaniyatni qaror toptirishga kirishildi, u har qanday hodisani tor sinfiy nuqtayi nazardan baholardi. Ammo isteʼdodli gruzin yozuvchilari bunday cheklanishni bartaraf etib, haqiqiy badiiy asarlar yaratishdi. Bular — Paolo Yashvili, Titsian Tabidze, Grigol Rokabidze, Simon Chikovani, Iraqliy Abashidze, Lado Asatiani, Nodar Dumbadze, Mixail Javaxishvili, Konstantine Gamsaxurdia, Polikarpe Kakabadze, Leo Kiacheli, Georgiy Leonidze, Iosif Grishashvili va b. Anna Kalondadze, Grigol Abashidze, Chabua Amirejibi. Otar Chiladze asarlari oʻquvchilar orasida keng tarkalgan.

Gruziya adabiyotining ajoyib namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan: Shota Rustavelining «Yoʻlbars terisini yopingan pahlavon» dostoni, I. Abashidze dostonlari, N. Baratashvili va b. ning sheʼriy asarlari, N. Dumbadzening «Abadiyat qonuni», «Quyoshni koʻrayapman» romanlari va h. k.

Meʼmorligi. Gruziya hududida qad. manzilgohlar eneolit (Shulaveris tepa shahar xarobasi), jez va ilk temir davri (Natsar tepa, Trialeti, Samtavro qoʻrgʻonlari)ga oid. Msxeta akropoli, Vani sh. xarobalari saqlangan (mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmi va mil. dastlabki asrlar). Qad. «darbazi» tipidagi toʻgʻri toʻrtburchak tarxli va tomi yogʻochdan gumbazsimon, pogʻonali gvir-gvini uylari keng tarqalgan. Xristian dinining qabul qilinishi (1—5-a. lar), yer egaligi munosabatlarining rivojlanishi natijasida shaharlar (Ujarma, Tbilisi) atrofiga istehkomlar qurilgan. Bazilika shaqlidagi cherkovlar saqlangan (Bolnis Sioni, 478 — 493-y. va b.). 6-a. 2-yarmidan markazi gumbazli 4 apsidali binolar (Jvari ibodatxonasi, Ateni Sioni va b.) qurildi. 10-a. urtalari va 13 — 14-a. larda yangi shaharlar qurildi, koʻpgina qad. shaharlarda qalʼalar, yirik monastir ansambllari, soborlar qad koʻtardi. Binolar toʻgʻri toʻrtburchak tarhli, xochsimon gumbazli, old tomoni toqiravoqli, oʻymakori shaklda bezatilib, ichki devorlari va gumbaz ostita rasmlar tushirildi (Kutaisidagi Bagrata ibodatxonasi, 10 — 11-a. lar, Msxetadagi Alaverdi va Svetisxoveli soborlari, 11-a. va b.).

14 — 18-a. larga oid shahar xarobalari (Gremi, 16-a. va b.), ibodatxona, monastir, qalʼa (Ananuri, 16 — 17-a. lar), qoʻrgʻon (Xertvisi), karvonsaroy, koʻpriklar saqlangan.

19-a. da Gruziyani Rossiya bosib olgach, klassitsizm uslubidagi inshootlar qurila boshladi. 19-a. 2-yarmida shahar meʼmorligida eklektizm hukmronlik qilgan boʻlsa, 20-a. dan milliy meʼmorlik shakllari va mavzulari vujudga keldi (Tbilisidagi Gruziya dvoryan za-min banki, hoz. Respublika xalq kutubxonasi, 1912—16, meʼmori A. N. Kalgin).

20-a. ning 20—30-y. larida binolar sovet konstruktivizmi ruhida barpo qilindi (sanatoriy, dam olish maskanlari), anʼanaviy milliy meʼmorlik shakllari qoʻllanildi (ZAGES, 1927, meʼmorlar A. N. Kalgin, M. S. Machavariani, K. A. Leontyev; Tbilisidagi «Dinamo» stadioni, 1933 — 37, meʼmori A. G. Kurdiani).

50—60-y. larda yirik sanoat shaharlari qurildi (metallurglar shahri — Rustavi va b.), Tbilisi va b. shaharlarda maʼmuriy binolar (Tbilisidagi xukumat uyi bosh korpusi, 1938 — 53, meʼmori V. D. Kokorin va G. I. Lejava, V. D. Nasaridze ishtirokida), teatr, oʻquv va sport inshootlari, mehmonxonalar («Iveriya» mehmonxonasi, 1967, meʼmori O. D. Kalandarishvili, I. S. Sxomelidze ishtirokida) qad koʻtardi. Mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirilgan koʻp qavatli uylar kurila boshladi. Yirik shahar va kurortlarning yangi bosh loyihalari ishlab chiqildi (Sxaltubo, Pitsunda va b.). Meʼmorlikda haykaltaroshlik, mozaika, rangtasvir, oʻymakorlikdan foydalanildi (Tbilisidagi baxt uyi, Tbilisi metropoliteni st-yalari va b.). Kichik shakl meʼmorligi (xiyobonlar, doʻkonlar, obidalar) barpo etish sohasida durust muvaffaqiyatlarga erishildi.

Tasviriy sanʼati. Mil. av. 2 — 1-ming yillikda tilla, kumush, jezdan bezak buyumlari (zargarlik, rangdor toshlar, metall, tosh oʻymakorligi), sirkor, naqshli sopol idishlar ishlangan (Trialeti qoʻrgʻonlari, Samtavro mozori va Msxetadan topilgan buyumlar). Oʻrta asrlarda ehromlarga boʻrtma haykallar va oʻyma naqshlar ishlash rivojlangan, monumental rassomlik, miniatyura avj olgan (Jvari relyeflari, Sromi mozaikalari, 7-a.). 10 — 13-a. lar Gruziya sanʼati gullagan davr boʻldi: Kumurdo va Oshki ehromlari, Svetisxoveli sobori (Msxeta), Ateni, Vardzia, Svanetiya cherkovlaridagi devor rasmlari (rassom Tevdore), Gelat monastiri asosiy ehromining mozaikalari, astronomiya risolasi (1188) va b. jozibadorligi bilan diqqatni tortadi. Metall kandakorligi Gruziya sanʼatining muhim tarmogʻi: Zarzmadagi «Tirilish» (9-a.), «Mehr» (11-a.) ikonalari, Brili (ustasi Asat), Bretidagi oltin butlar va b.

19-a. dan rus sanʼatining taʼsiri kuchaydi. 19-a. 2-yarmi va 20-a. boshlarida baʼzi rassomlar ijodida demokratik-realistik yoʻnalish muhim oʻrin oldi, portret sanʼati rivojlandi (G. I. Maysuradze va b.) va maishiy mavzuga eʼtibor kuchaydi: R. N. Gvelesiani, A. L. Beridze, A. I. Gogiashvili, G. I. Gabashvili, A. I. Mrevlishvili, M. I. Toidze va b. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida hoz. zamon G. xaykaltaroshligining asoschisi Ya. Sh. Nikoladze va rassom N. Pirosmanishvili ijod qildi. Tbilisida tashkil etilgan Badiiy akademiya (1922) Gruziya tasviriy sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. 1950 — 60 y. larda shu akademiyani bitirib chiqqan rassomlar E. Kalandadze, G. Kutateladze, K. Maxaradze, J. Nijaradze, R. TarxanMouravi, J. Xundadze, N. Ignatov, T. Tordiya hamda sanʼatkorlardan A. G. Simakuridze, V. V. Sidamon-Eristavi, D. N. Kakabadze, ayol rassomlardan Ye. D. Axvlediani, K. K. Manalashvili, haykaltaroshlardan N. P. Kandelaki, S. Ya. Kakabadze, teatr rassomlaridan I. I. Gamrekoli, S. B. Birsaladze va b. ijodi diqqatga sazovor. 1950 — 60 y. larda Gruziya rassomlarining yangi avlodi yetishdi: G. D. Gelovani, E. A. Totibadze va b; A. M. Bandzeladze, T. L. Kubaneyshvili va b. grafikada, E. D. Amashukeli, M. I. Vardzenishvili, D. Mikatadze va b. haykaltaroshlikda, I. A. Ochiauri, Gruziya 3. Gabashvili, K. Ye. Guruli va b. metall oʻymakorligida ijod qildilar. Zurab Seretelining monumental asarlari Gruziya dagina emas, AQSH (Nyu-Yorkdagi BMT binosi yonida), Rossiya, Braziliya, Yaponiya, Angliya va b. mamlakatlarda ham oʻrnatilgan.

Musiqasiga oid dastlabki maʼlumot mil. av. 8-a. dan boshlanadi. Xalq musiqasi xilma-xil shakl, uslub va janrlarda, bir ovozli kuylar bilan birga kup ovozli yoʻllari ham mavjud. Kartuli, perxuli, xorumi kabi xalq raqslari, chonguri, panduri, changi (chertma-torli), chuniri (torli-kamonli), salamuri (naysimon), gudastviri (damli), doli, dayra (urma) singari xalq sozlari qadimdan maʼlum.

Koʻp ovozli xalq qoʻshiqlari taʼsirida cherkov musiqasi vujudga kelgan (14-a.). 18-a. dan shahar hunarmandlari musiqasi paydo boʻlgan. 19-a. dan kompozitorlik musiqa madaniyati rivojlana boshladi. Tbilisida opera teatri (1851), kamer va simfonik konsertlar tashkil etilgan, xor kurslari va musiqa maktabi (1886-y. dan musiqa bilim yurti) ochilgan. F. Ya. Koridze, 3. P. Paliashvili, gruzin musiqiy folklorshunosligi asoschisi D. I. Arakish-vili va b. xalq qoʻshiqlarini toʻplab nashr etishgan. 1905-y. da Gruziyada filarmoniya jamiyati tuzilgan. 1904-y. D. I. Arakishvili birinchi milliy opera — «Shota Rustaveli qaqida qissa»ni yaratdi. 1919-y. 3. P. Paliashvilining «Abesalom va Eteri» operasi, V. I. Dolidzening «Keto va Kote» hajviy operasi sahnaga qoʻyildi. 1917-y. Tbilisida konservatoriya ochildi. 1919-y. opera studiyasi ochilib, unda rus va Gʻarbiy Yevropa kompozitorlarining operalari sahnalashtirildi. 1922-y. da 2 – konservatoriya ochilib, milliy opera rivoj topdi. 3. P. Paliashvilining «Daney», I. R. Tokiyelining «Qizil qalpoqcha» va «Billur kavushcha», N. L. Mamisashvilining «Maqtanchoq quyoncha» kabi bolalar operalari yaratildi (bu operalar yangi taxrirda 60-y. larda sahnaga chiqdi). A. D. Machavariani, S. F. Sinsadze, A. M. Balanchivadze kabi kompozitorlar jahon klassik adabiyoti asarlari asosida baletlar yaratishgan. 1930-y. lar oxiridan simfonik janr yetakchi boʻlib qoldi. 40 — 50-y. lar oxiri O. V. Taktakishvilining 1simfoniyasi b-n fortepiano konserta, A. D. Machavarianining skripka konserti (1949) va b. asarlar yaratildi. Sh. Mshvelidzening «Tariel haqida afsona» epik monumental operasi Gruziya musiqiy teatrining yirik asaridir. O. Takishvili, R. Lagidze, G. Sabadze, S. Nasidze, G. Kancheli va b. kompozitorlarning asarlari koʻp mamlakatlarda mashhur. Gruziya har doim isteʼdodli dirijyor, xonanda va sozandalar bilan dong taratgan (Ye. Mikeladze, O. Dimitriadi, S. Inashvili, N. Kumsiashvili, D. Badridze, D. Gamrekeli, D. Andguladze, N. Xaradze, M. Nakashidze, P. Amiranashvili, 3. Sotkilava, M. Kasrashvili, P. Burchuladze, E. Virsaladze, A. Toradze, L. Isakadze, 3. A. Anjaparidze, N. Bregvadze, V. Kikabidze, T. Gverdsiteli va b.).

Teatri. Gruziya dagi qad. hosil bayrami oʻyinlarida teatr unsurlari boʻlgan. Mil. av. 2-ming yillik oʻrtalariga mansub kumush buyumlarda niqob taqib oʻyinga tushayotgan kishilar tasvirlangan. Shu oʻyinlarning unsurlari keyinchalik berikaoba deb atalgan niqobli xalq teatriga oʻtgan. Uning tomoshalarida xalqning erksevarlik ruhi, zulmga qarshi kurashi aks etgan. Ksenoba deb atalgan ommaviy xalq karnaval bayramlari gruzinlarning ajnabiy bosqinchilarga qarshi kurashini aks ettirgan. Oʻrta asrlarda cherkovning quvgʻiniga qaramay, saxioba deb atalgan saroy teatri rivojlandi. U afsonaviy, ishqiy va hajviy tomoshalar koʻrsatardi. 18-a. ning 2-yarmiga kelib, teatr maktabi tarkib topdi. Gruziya professional teatri chor hukumati tomonidan 1856-y. da yopildi. Professional teatr asoschisi dramaturg G. Eristavi edi. 1879-y. I. Chavchavadze va A. Sereteli kabi yozuvchilar Tiflis va Kutaisida professional teatrlarni tashkil gʻilishdi. V. Abashidze, V. S. Aleksii Mesxashvili, N. Gabuniya, K. Mesxi, V. Guniya va b. oʻsha yillarning yirik aktyorlaridir. 90-y. larda Tiflis, Batumi, Kutaisida xalq teatrlari vujudga keldi. 1921-y. Tbilisida Sh. Rustaveli nomidagi teatr, 1928-y. Kutaisida K. A. Marjanishvili boshchiligidagi teatr tashkil etildi (1930-y. Tbilisiga koʻchiriddi, 1938-y. dan K. A. Marjanishvili nomi bilan ataldi). 1939-y. Sh. Rustaveli nomidagi Gruziya davlat teatr in-ti vujudga kelgan. V. Anjaparidze, A. Vasadze, V. D. Godziashvili, U. Chxeidze, A. Xorava, N. Vachnadze, T. Chavchavadze, S. Chiaureli, K. Kavsadze, R. Chxikvadze, G. Kavtaradze, S. Zakariadzelar Gruziya teatrining yirik arboblaridir. M. Japaridze, M. Chaxava, K. Maxaradze, L. Ioseliani va b. aktyor va rej. lar teatrga keyingi yillarda kirib keldi. Gruziyada opera, operetta va musiqa teatrlari, bolalar teatrlari mashhur. Gruziyada 38 ta davlat va oʻnlab xalq teatrlari mavjud. Suxumi, Rustavi, Gori, Sxinvali, Chiatura, Telavi, Poti, Maxaradze, Zugdidi, Axalsixe sh. laridagi teatrlar shu jumlaga kiradi.

Kinosi 1908-y. tasvirchi V. Ya. Amashukeli suratga olgan hujjatli filmdan boshlangan. Gruziyaning birinchi badiiy filmi «Rohiba»dir. 1921-y. «Arsen Jorjiashvili», 1923-y. da «Qizil shaytonchalar» filmlari ekranga chiqdi. «Uch hayot» (I. Perestiani), «kim aybdor» (A. Sutsunava) filmlari 30 — 40-y. larda yaratilgan. A. I. Bek-Nazarov, I. Perestiani, N. Shengelaya, A. Sutsunava, M. Chiaureli, K. A. Marjanashvili kabi rej. lar, N. Vachnadze, M. Gelovani va b. aktyorlarning Gruziya kinematografiyasining yuzaga kelishida xizmatlari katta. «Georgiy Saakadze (M. Chiaureli), «Koʻprik» (S. Pipinashvili) filmlari 2-jahon urushi yillari ekranlashtirildi. «Ninachi», «Ikki okean siri», «Oq karvon», «Yolborish» kabi filmlar keyingi yillar mahsuli. Rej. M. Chxeidze ishlagan «Soldat otasi» filmi Gruziya kinosining yutugʻi hisoblanadi. Gruziya kinematografchilari qisqa metrajli filmlar ustasi sifatida nom chiqargan.

Gruzin kinosining yuksalishi hamda ajoyib filmlarning yaratilishi 50 – va 60-y. larda kinoga kirib kelgan rej. lar nomi bilan bogʻliq. 50-y. lardan boshlab ularning asarlari turli xalqaro kinofestivallarda 100 dan ortiq har xil mukofotlarga ega boʻldi. «Lurja Magdani» (1955, rej. T. Abuladze, R. Chxeidze), «Soldat otasi» (1964, rej. R. Chxeidze), «Sening farzanding, Yer» (1980, rej. R. Chxeidze), «Yolborish» (1968, rej. T. Abuladze), «Toʻy» (1964), «Soyabon» (1967, rej. M. Kokobadze), «Pirosmani» (1968, rej. E. Shengelaya), «Gʻaroyib koʻrgazma» (1968, rej. E. Shengelaya), «Birinchi qaldirgʻoch» (1975, rej. N. Mchedlidze), «Ezgulik daraxti» (1976, rej. T. Abuladze), «Pogʻona» (1986, rej. A. Rexviashvili), «Suram qalʼasi toʻgʻrisida afsona» (1986, rej. S. Parajanov), «Tavba-tazarru» (1987, rej. T. Abuladze) va b. filmlar shular jumlasidandir.

Keyingi yillarda Tbilisi teatr intining kino f-tini bitirib chiqqan sanʼatkorlar tomonidan yaratilgan «Avlodlar daʼvati» (1981, rej. G. Choxeli), «Robinzoniada yoki ingliz bobom» (1986, rej. N. Jorjadze), «Tilla qoʻngʻiz» (1988, rej. D. Janelidze), «Sergaklar kuyoshi» (1991, rej. T. Bab-luani) va b. filmlar xalqaro kinofestivallarda yuksak eʼtiborga sazovor boʻlgan.

Hozir Gruziyada bir necha mustaqil kinostudiya va «Gruziyafilm» kinokonserni mavjud. 1991 — 2001-y. larda A. Sabadze, D. Sinsadze, N. Janelidze kabi rej. lar nufuzli xalkaro mukofotlarga sazovor boʻldilar.

Oʻzbekistan — G. munosabatlari. G. Respublikasi prezidenta E. A. Shevardnadzening 1995-y. 4 sent. da Oʻzbekistonga qilgan tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga koʻmaklashdi. Tashrif chogʻida bir qancha bitimlar imzolandi. OʻzR bilan Gruziya Respublikasi oʻrtada erkin savdo-sotiq toʻgʻrisidagi, Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash haqidagi, Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi bitimlar, Xalqaro avtomobil yuk tashuviga ruxsatnomalar ayirboshlash, berish va ulardan foydalanish tizimini vujudga keltirish toʻgʻrisidagi bayonnoma oʻzaro hamkorlikning meʼyoriy-huquqiy negizini vujudga keltirdi. 1996-y. 27 — 28-mayda Oʻzbekiston Prezidenta I. Karimovning Gruziyaga tashrifi doirasida imzolangan davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar majmui bu negizni yanada mustahkamladi. Ularning eng muhimlari: Oʻzbekistan bilan Gruziya oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish haqidagi Deklaratsiya, Moliya-sanoat guruhlari tuzishning asosiy qoidalari toʻgʻrisidagi bitimdir. Ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari bilan shugʻullanuvchi qoʻshma Oʻzbekiston-Gruziya komissiyasi tuzildi.

Oʻzbekistan bilan Gruziya oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1999-y. ga nisbatan 2000-y. da salkam 3 baravar ortdi. 2000-y. Oʻzbekistonning eksportida paxta tolasi, energiya manbalari (neftni qayta ishlash mahsulotlari), oziq-ovqat, t. y. transporti xizmati, kimyoviy mahsulotlar, plastmassalar asosiy oʻrin oldi. Meva va yongʻoq, kofe, choy va shirinliklar, kimyoviy va shtapel tola, qora metallar va ulardan yasalgan buyumlar, mashina va asbob-uskunalar (uchish apparatlari qismlari), t. y. transporti xizmati, doridarmon import qilindi, OʻzR da gruzin sarmoyasi ishtirokidagi 7 korxona bor. «Real-KL» qoʻshma korxonasi chetdan mol keltirish, savdo-vositachilik faoliyati bilan shugʻullanadi. «Argotur» shoʻba korxonasi 100% xorijiy sarmoya bilan ishlaydi va asosiy faoliyat turi savdo-vositachilik, aviatsiya biletlarini bronlash va sotishdir.

OʻzRda Gruziyaning «Airzena» kompaniyasi (G. havo yoʻllari), «Trans-Jorjiya end Kompani Limited», «Oʻzbek-Jorjian Trans K»» firmalarining vakolatxonalari mavjud. Bu kompaniya va firmalar yoʻlovchi va turli yuklar tashish bilan shugʻullanadi.

Gruziya portlari orqali Oʻzbekiston yuklarini xorijga tashish rivojlanmoqda. 1996-y. da shu yoʻl orqali 100 ming t, 1997-y. da 285 ming t yuk tashildi. Gruziya orqali oʻtadigan Yevropa-Osiyo transport yoʻlagi — TRASEKA loyihasida Oʻzbekistan ham ishtirok etayotir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x