BAHODIROV

BAHODIROV Majidxon (1903 – Toshkent — 1977.12.2) — tuproqshunos va arabshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), prof. (1971). Eski usuldagi maktabda savod chiqargan. 1921 — 30 y. larda Toshkentdagi maktablarda oʻqituvchi, mudir boʻlib ishlagan, pedagogika bilim yurtida dars bergan. Oʻrta Osis paxtachilik in-tini tugatgan (1934). Shu in-tning tuproqshunoslik kafsdrasida oʻqituvchi (1935—45). 1945 — 48 y. larda Oʻrta Osiyo davlat unti sharq ftida arab filologiyasi kafedrasi tashkilotchisi va kafedra mudiri. Toshkent qishloqxoʻjaligi in-ti tuproqshunoslik kafedrasida dos. (1948 — 71). Ilmiy ishlari tuproqshunoslikning umumiy masalalari, Fargʻoia vodiysi tuproqlari ocherklari, agrokimyo xaritalarini tuzish va b. ga bagʻishlamgan. Bahodirov arab adabiyoti boʻyicha xrestomatiya, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari uchun oʻzbek tilida birinchi boʻlib tuproqshunoslik boʻyicha darslik, lugʻat, qoʻllanmalar tuzgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x