ALIGOTE — oʻrtapishar, vinobop uzum navi. Fransiya xalq seleksiyasida yaratilgan. Tupi oʻrtacha, baʼzan zaifroq oʻsadi. Bargi toʻgarak, uch boʻlakchali, arra tishli. Barg orqasi tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha, ogʻirligi 100—110 g, gʻujumi tigʻiz, yirik (diametri 12—16 mm), koʻkish-oq, jigarrang dogʻlari bor. Kurtaklari yozilganidan to hosili pishguncha vegetatsiya davri 130—150 kun davom etadi. Faol harorat yigʻindisi 2600°—2850° da avg. ning oxirida pishadi. Tarkibida 25% qand bor. Hosildorligi 100—150 s/ga. Kasalliklarga chidamli, sovuqqa bardoshi oʻrtacha. Hosilidan sof va shampan vinolar, konyak uchun spirt tay-yorlanadi. Oʻzbekistonning hamma vilo-yatlarida ekiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые