ALEKSIYA

ALEKSIYA (yun. a — inkor qoʻshimchasi va lot. lego — oʻqiyman) — oʻqiy olmaslik; bosh miya qobigʻi oliy faoliyatining buzilishi alomatlaridan biri. Bosh miya poʻstlogʻining qaysi qismi shikastlanganiga qarab Aleksiya turlicha boʻladi. Mac, bosh miya chap yarim shari chakka qismining tepa pushtadagi poʻstlogʻi zararlansa, bemor oʻziga notanish boʻlgan soʻzlarni oʻqiy olmaydi; chap yarim shar harakat maydonining pastki qismi zararlansa, bemor harflarni taniy olsada, ularni bir-biriga qoʻshib oʻqiy olmaydi; bosh miyaning ensa qismida oʻzgarish yuz bergan boʻlsa, koʻrish markazi zaiflashishi va harflarni toʻgʻri oʻzlashtira olmaslik oqibatida bemor harflarni almashtirib yuboradi. Bunday hol literal Aleksiya, soʻzlarni chalkash tanlash verb al Aleksiya deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x