ALGEBRAIK TENGLAMA — chap tomoni nomaʼlumlardan tuzilgan koʻphaddan iborat boʻlgan tenglama. Nomaʼlum x ning tenglamani qanoatlantiradigan, ayniyatga aylantiradigan qiymatlari tenglamaning ildizlari yoki yechimlari deyiladi. Algebraning asosiy masalalaridan biri Algebraik tenglamaning ildizlarini topishdan iboratdir. 1, 2, 3 va 4darajali Algebraik tenglama ildizlarini topish formulalari maʼlum, darajasi 5 va undan ortiq boʻlgan tenglamalar uchun bunday formulalar umumiy holda mavjud emas. Ammo koeffitsiyentlari kompleks sonlar boʻlgan ixtiyoriy tenglama kompleks yechimga ega (q. Algebraning asosiy teoremasi).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые