ALAJAXYOYUK — Boʻgʻozkoʻy qishlogʻidan (Markaziy Anadolu, Turkiya) shim. roqdagi tepalik. Arxeologik qatlamlar topilgan (mil. av. 4—3 – ming yillik — mil. av. 7—6-a. lar). Ilk jez davri (mil. av. 3-ming yillik)ga oid nihoyatda boy nekropol ochilgan. Undan qimmatbaho idishlar, qurol-yarogʻ, marosim buyumlari, bezaklar hamda xettlar davriga oid mahobatli mudofaa devori qoldiqlari topilgan, devordagi darvozalarga sfinkslar shakli tushirilgan. Tepalikda ibodatxona va b. meʼmoriy inshootlar xarobalari ham saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые