DABUSIYA, Dabusqalʼa — arxeologik yodgorlik (mil. av. Z-mil. 19-a.). Zarafshonning oʻng qirgʻogʻida, Okdaryo va Qoradaryoning tutashgan joyida, Ziyovuddin sh. dan 7 km shim.-gʻarbda joylashgan. Ark (1,4 ga) keng xandaq va shahriston (taxm. 2,2 ga) bilan oʻralgan, atrofi rabod (60 ga dan ziyod)dan iborat. Antik davr qadahlari (mil. av. Z-a. — mil. 3-a.), ilk oʻrta asrlarga (6—7-a. lar) mansub tosh va sopoldan ishlangan buyumlar, sirlangan idishlar (9 — 12-a. lar), tangalar, shisha idishlar va b. narsalar topilgan. 6—7-a. larda Buyuk ipak yoʻlida turgan Fay davlatining markazi. Arab xalifaligita qarshi Soʻgʻdda koʻtarilgan qoʻzgʻolon paytida (8-a.). D. da 10 ming kishilik garnizon bulgan. 9—12-a. larda Samarqanddan Buxoroga boradigan «shoh yoʻli»da D. Soʻgʻdning yirik shaxri hisoblangan. 13-a. boshida moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. 15—18-a. larga oid tarixiy manbalarda qalʼa sifatida eslatib oʻtilgan. 19-a. da Buxoro amirligiga qarashli Ziyovuddin bekligining qalʼasiga aylangan. Ark oʻrnida bek qalʼasi joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые