DYUPONLAR

DYUPONLAR — AQSHdagi moliya guruhi. Bu guruh oilaviy tarzda shakllandi va taraqqiy etdi, asoschisi E. I. Dyupon boʻlib, u 1802-y. da Delaver shtatida porox zdi kurdi. Dyuponlar 1812—14 y. lardagi ingliz-amerika urushida, AQSHning Meksika bilan boʻlgan urushida (1846—48), AQSH fuqarolar urushida (1861—65), ayniqsa birinchi (1914 — 18) va 2-jahon urushlarida koʻp mahsulot sotib boyib ketdi. Germaniya urushda magʻlubiyatga uchragach, Dyuponlar firmasi «I. G. Farbenindustri» patentlariga ega boʻldi va dunyodagi yirik kimyoviy trestga aylandi. Dyuponlarning sanoat uzagini «Dyupon de Nemur» kimyo va neftgaz kimyosi konserni tashkil kiladi. Konsern 1982-y. da AQSHdagi «Konoko» neft firmasini sotib olib, uz qudratini yanada mustahkamlab oldi. AQSHda konsernning sintetik tolalar, plastmassalar, gaz, neft, kimyoviy moddalar, harbiy mahsulotlar ishlab chikaradigan, koʻmir qazib oladigan unlab korxonalari faoliyat kursatdi. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Shveysariya, Ispaniya, Norvegiya, Yaponiya, Kanada, Argentina, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Venesuela va b. davlatlarda ham z-dlari bor. D. «Yuniroyyal», «Rokuell interneshonal» kabi eng yirik sanoat korporatsiyalarini, bir kancha moliya-kredit intlarini nazorat kiladi. Morganlar bilan mustahkam aloqasi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x