DUTORCHI QIZLAR ANSAMBLI, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasining Gʻanijon Toshmatov nomidagi dutorchi qizlar ansambli — xotin-qizlardan tashkil topgan milliy musiqa ansambli. Dastlab Oʻzbek davlat filarmoniyasi koshida «Dutorchi qiz-juvonlar» ansambli (1939-y.) tashkil etilgan. Badiiy rahbari — L. Sarimsoqova, musiqa rahbari — Yu. Rajabiy, baletmeyster — G. Rahimova. Repertuaridan oʻzbek xalq va bastakorlarining kuy va qoʻshiqlari oʻrin olgan: «Oʻzgancha», «Quling», «Tanavor», «Hakkalakam oʻynasam man», «Yorginam» va b. 2-jahon urushi yillarida ansambl aʼzolari front konsert brigadalari tarkibida konsertlar bergan. Repertuaridan oʻzbek, rus, qozoq, tatar, tojik, uygʻur va b. xalqlarning qoʻshiqlari oʻrin olgan. Keyinchalik u «Ashula va raqs ansambli» deb nomlangan. Ansamblda R. Bogdanova, K. Ismoilova, Oʻzbekis-tonda xizmat koʻrsatgan artist M. Ab-dullayeva va b. xizmat qilgan. 1958-y. yangidan «Dutorchi xotin-qizlar ansambli» tashkil etilgan (badiiy rahbari — M. Abdullayeva). 1964-y. da tarqalgan.
1977-y. da Toshkent shahar Madaniyat uyida A. Ilyosov boshchiligida «Dutorchi qizlar ansambli» tuzildi. Mazkur ansambl ishtirokchilari 1979-y. Oʻzbekiston radiosi va televideniyesi qoshida tashkil etilgan Dutorchi qizlar ansambli tarki-biga kirgan. Bad. rahbari va tashkilotchisi Gʻ. Toshmatov, musiqa rahbarlari — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist 3. Rahmatullayeva (1979—84 va 1990-y. dan), 3. Suyunova (1985—90); 1994-y. dan badiiy rahbari — 3. Suyunova. 1996-y. dan — Gʻanijon Toshmatov no-mida, 30 kishidan iborat (2002). Yetakchi xonanda va sozandalar: Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar 3. Rah-matullayeva, S. Karimova va Q. Esonova; artistlar O. Madrahimova, R. Hojiyeva, D. Muhamedova, M. Qurbonova, X. Shoraqmedova va b. Ansambl Fargʻona-Toshkent milliy qoʻshiqchilik anʼanalarini davom ettirmoqda, uning ijrochiligiga mahorat, musiqiy dilkashlik xos. Repertuaridan yuzlab oʻzbek xalq qoʻshiqlari («Chamannor», «Yoryoraxon-Gulyoraxon», «Simsim oralab», «Yoʻl boʻlsin», «Yor-yor» lar, laparlar, oʻlanlar), bastakor va kompozitor (F. Toshmatov, K. Jabborov, S. Kalonov, F. Sodiqov, M. Murtazoyev, Q. Iskandarov, A. Ismoilov, R. Tursunov, T. Otaboyev, Q. Komilov, Sayfi Jalil va b.) lar asarlari («Qoshing qarosi balo», «Baxtimdan», «Diyorimsan», «Uyolaman», «Kelasan», «Tamanno», «Humo», «Avval Vatan, keyin jon», «Sevgi»), shuningdek, ansambl ishtirokchilari (3. Suyunova, 3. Rahmatullayeva, Q. Esonova) bastalagan qoʻshiqlar («Boy kaynona», «Ayol», «Gul ochilsa», «Uzoq kutdim» va b.) va turli xalqlar (afgʻon, hind, uygʻur, qoraqalpoq, ispan) qoʻshiklari oʻrin olgan. Ansambl Tojikiston, Rossiya, Fransiya, Germaniya, Turkiya mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.
Oʻzbekiston viloyatlari va oʻquv yurtlarida ham Dutorchi qizlar ansambli lari (mas, Nukus sh. 1-Madaniyat uyi kotila «Qirq qiz» D. q. a., 1967; Fargʻona davlat ped. in-tining «Nihol» D. q. a., 1977) tashkil etilgan.