DURDI QILICH

DURDI QILICH (1886 – Toshhovuz viloyati Taxta tumani Xojaqumbat qishlogʻi — 1950.14.12) — Turkmaniston xalq shoiri (1946), baxshisi va xalq ogʻzaki ijodining bilimdoni. Bolaligidan koʻzi ojiz boʻlgan. Baxshilardan doston aytishni oʻrgangan. Ijodi 1916-y. dan boshlangan. 20—30-y. larda yozgan sheʼrlarida Turkmanistonning oʻtmishi, qishloq mehnatkashlarining hayoti («Eshakli», «Chigʻir» va b.), turkman ayollarining haq-huquqini himoya qilish masalalari oʻz ifodasini topgan («Tumorli»). «Xalqim», «Xalqlar doʻstligi» sheʼrlari 30-y. lardagi turkman sheʼriyatining yuksak namunalaridan. 2-jahon urushi yillarida jangovar ruxda qoʻshiklar yaratib, kishilarni gʻalabaga ruxlantirgan. Sheʼr va qoʻshiklari, turkman va qoraqalpoq xalqlari oʻrtasida keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x