DUM

DUM — umurtqali hayvonlar tanasining keyingi qismi. Dum suvda hayot kechiruvchi hayvonlarda tana bilan bir tekis qoʻshilib ketgan dumsuzgichni hosil qiladi. Koʻpchilik quruqlikda yashaydigan hayvonlarda Dum harakatlanish funksiyasini bajarmaydi, faqat sudralib yuruvchilar va dumli suvda va quruklikda yashovchilar Dumi harakatlanishga yordam beradi. Qushlarning Dum qismi qisqa boʻlib, unga boshqaruv patlari birikkan. Sut emizuvchi hayvonlar (maymunlar, opossum, ayrim chumolixoʻrlar) D. i daraxt shoxlariga ilashish, sakrovchi hayvonlar (kenguru, qoʻshoyoq, yer tovushqoni)da Dum tayanch va boshqaruv yoki parashyut (olmaxon, tyin) vazifasini bajaradi. Kitsimonlarning kalta Dum ida suzgichlari joylashgan. Bir qancha sut emizuvchilar (odamsimon maymunlar) D. i yoʻqolib ketgan. Koʻp hollarda umurtqasiz hayvonlar tanasining keyingi qismi yoki oʻsimtasi ham Dum deyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x