DUANTLAR

DUANTLAR — tezlatgichning faol qismi. Siklotron yoki fazotronda tezlatuvchi kuchlanish berishga va tezlatishga noqulay boʻlgan maydon fazasida zarralarni ekranlashga xizmat qiladigan tezlatuvchi elektrodlar. Tashqi koʻrinishi D ga oʻxshagani uchun shunday ataladi. Silindr shaklli metall qutini teng ikkiga boʻlinsa, ikkita duant hosil boʻladi (rasmga q.). D. (Z>, va D2) yuqori chastotali generatorga ulanadi; generator hosil qilgan katta kuchlanishli elektr maydoni taʼsirida ionlar tezlanish oladi (ionlar manbai Duantlar markaziga joylashtiriladi). D2 duant Dt duantga nisbatan musbat potensi-alli boʻlib, manfiy ionlarni oʻziga tortadi va ularga tezlanish beradi. Duantlar ichida ionlarga elektr kuchi taʼsir qilmaydi. Ionlar magnit maydoni taʼsirida aylanma harakatlanib, u — yarim davr vaktdan keyin yana ikki duant oʻrtasida paydo boʻladi. u vakt ichida Duantlar potensialining ishorasi oʻzga-radi (D2 manfiy, D) musbat boʻladi), ionlar 2), ga tortilib, yana tezlanish oladi. Ionlar Duantlar orasida koʻp marta tezlanish oladi. Duantlar vakuum kameraga joylashtiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x