HUJJAT — keng maʼnoda — maʼlumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar (qogʻoz, kinoplyonka, fotoplyonka, magnitofon lentasi, perfokarta va b.). H. matn, tasvir, tovush va b. dan ibo-rat boʻlishi mumkin.
Mazmuniga koʻra, Hujjat ilmiy-texnika Hujjat lari (maqolalar, kitoblar, patentlar, chizmalar, jadvallar va h. k.), huquqiy Hujjatlar (qarorlar, farmonlar, shartnomalar va h. k.), boshqaruv H. lari (buyruqlar, koʻrsatmalar, qarorlar va h. k.)ga boʻlinadi. Shakllanish manbaiga koʻra, birlamchi va ikkilamchi (referatlar, anno-tatsiyalar va h. k.) H. lar farqlanadi. Idora H. lari toʻplami, odatda, kirish, chiqish va ichki (xizmatda foydalanish uchun) Hujjat lariga boʻlinadi. Mas, bank muassasasi Hujjatlari ichidagi mijozlar bankka taqdim etadigan hujjatlar: toʻlov topshiriqnomalari, chek va b. kirish Hujjat lari; bank ishtirokida rasmiylashtiriladigan va mijozlarga beriladigan Hujjatlar chiqish Hujjatlari hisoblanadi.
Huquq fanida Hujjat deganda, odatda, qonunda belgilangan shaklda tuzilgan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan (shaxsning tugʻilganlik, maʼlumot olganlik, nikohdan oʻtganlik, mehnat staji kabi) faktlarni tasdiklovchi, yozma aktlar tushuniladi. Hujjat sud ishlarini yuritishda faktlarni aniklash vositasi sifatida katta ahamiyatga ega. Hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyat hisoblanadi (q. Xujjatlarni qalba-kilashtirish).