HIND-ERONIY TILLAR, oriy t i l l a r — hind-yevropa tillari oilasining bir tarmogʻi; hind tillari va eroniy tillarszm iborat. Uning tarkibiga, shuningdek, dard tilla-r i (Afgʻoniston, Pokiston va Hin-diston shim. dagi togʻli oʻlkalarda tarqalgan kashmiriy, shina, phalura, khoʻvar, gavar, dameli, poshoyi kabi 20 dan ortiq tillar — 4 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi) va nuriston tillari (Afgʻonistonning Nuriston togʻli viloyatida tarqalgan 10 ga yaqin til — 150 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi) ham kiradi. Shunday qilib, H.-e. t. tarmogʻi 150 ga yaqin jonli va 20 ga yaqin oʻlik tillarni qamrab oladi va ularda taxm. 900 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi (oʻtgan asrning oxirlari).
H.-e. t. ning qad. vakillari boʻlgan oriylarning kelib chiqishi va asl vatani haqida 2 xil fikr mavjud. Birinchi fikrga koʻra, oriylar dastlab yagona qabila, elat sifatida Oʻrta Osiyoda yashab, keyinchalik ularning bir qismi Hindukush toglari orqali Hindisgonga, bir qismi Eronga borib oʻtroqlashgan. Ikkinchi taxminga koʻra, oriylar vatani jan. rus dashtliklari boʻlib, ular Kavkaz orqali Eron va Hindistonga koʻchib oʻtganlar. Qiyosiy-tarixiy grammatika ushbu tillarda umumiy fonemalar tizimi, umumiy lugʻaviy tarkib, umumiy morfologiya va soʻz yasalish tizimi va hatto umumiy sintaktik belgilar boʻlganli-gini tasdiqlaydi. Oriylar nomini bildiruvchi «agua» atamasi ham umumiy boʻlib, juda koʻp hindiy va eroniy etnik terminlarda oʻz aksini topgan (ushbu soʻz shaklidan hoz. Eron davla-tining nomi kelib chiqqan). Qad. hind va eron obidalari «Rigveda» va «Aves-to» ham baʼzi jihatlari bilan oʻzaro shunchalik yaqinki, ularni bir asos manbaning 2 varianti deb oʻydash mumkin. Olimlar oriy qabilalarning 2 qismga (hindoriy va eroniy shoxob-chalarga) ajralishi mil. av. 2-ming yillikning boshlarida roʻy bergan deb hisoblaydilar. Ushbu tarmoqqa mansub qad. (oʻlik) tillardan hind-oriy guru-hidagi veda tili, sanskrit, pali tillarini, eroniy guruhdagi avesto tili, qad. fors, oʻrta fors (pahlaviy), parfiya, sugʻd, xorazmiy, sak tillarini va b. ni koʻrsatish mumkin. Hind-oriy guruhidagi tillar eroniy tillarga nisbatan birmuncha konservativ (oʻzgarmas) boʻlib, ularda hindevro-pa, hind-eroniy davrlarning baʼzi arxaizmlari yaxshi saqlanib qolgan, ayni paytda eroniy guruxdagi tillar fonetika va morfologiya sohasida bir qancha jiddiy oʻzgarishlarga uchragan. Hind-Eroniy Tillar-e. t. Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Eron, Nepal, Shrilan-ka, Afgoniston, Turkiya, Iroq, tojikiston, Shim. va Jan. Osetiya, Gru-ziya va b. joylarda tarqalgan. Bu garmoqdagi tillar mazkur 2 guruh tillari taraqqiyotining umumiy tipologiyasini koʻrsatuvchi bir qancha umumiy tamoy-illar bilan ajralib turadi. Dard tillari H.-e. t. tarmogidagi 2 asosiy guruh oʻrtasida alohida oraliq guruhni tashkil etadi. Shuning uchun ham bu tillarking aniq oʻrni haqida yagona fikr yoʻq: imgliz olimlari R. B. Shou, J. A.-Grirsoi va norveg gilshunosi S. Ko-povlar dard tillarini koʻproq eroniy gillarga yaqin deb hisoblasalar, ingliz olimi R. L. Terner va norveg olimi G. Morgensterps ularpi butumlay hipdoriy tillariga mansub deb topa-dilar. Grirson (soʻgpti ishlarida) va rossiyalik tilshunos J. I. Edslmanlar esa dard tillarimi hind-oriy va eroniy tillar oʻrgasidagi oraliq oʻringa ega boʻlgan mustaqil guruh dsb hisoblaydilar.
Ad.: ʻEdslmap D. I.. Dardskis yash ki, M., 1965: Gryunbsrg A. L., Opp lpshnistichsskoy karg! Nuristana. «Slranm i parodm Vostoka», M.. 1971: Edelman D. I .. Srapiitslpaya grammatika iostochno iranskix yashkoi. Fopologiya, M.. 19X6.
Anvir Ismoilov. Abduvihob Madvaliyev.