HAQNAZARXON

HAQNAZARXON, Haqnazar Sulton (?—1580) — qozoqlar xoni (1538-y. dan). Otasi Qosimxon kabi hokimiyatini mustahkamlash, xonlik hududini kengaytirishga harakat qilgan. Noʻgʻay oʻrdasidagi oʻzaro ichki nizolardan foydalanib oʻrdaga tobe qozoq urugʻlarining bir qismini oʻziga boʻysundirgan. Moʻuliston xonlari bilan uzoq muddat kurash olib borgan. 50-y. larning oxirida Haqnazarxon Sirdaryo boʻyidagi savdohunarmandchilik markazla-, ri va Toshkentni bosib olish uchun shayboniylardan Bobo sulton va Ab-dullaxon II bilan kurashgan. 1573-y. rus hukumati Haqnazarxon bilan oʻzaro aloqa bogʻlashga uringan. Rivoyatlarga koʻra, qozoqlarning 3 ta juzga ajralishi Haqnazarxon nomi bilan bogliq boʻlgan.

Ad.: Materialm po istorii kazaxskix xanstv XV-XVIII vekov, Alma-Ata, 1969.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x