HOTAMI TOY

HOTAMI TOY (toʻliq nomi Abu safona Hotam ibni Abdulloh ibni Saʼdi Toyi) (taxm. 6-a. oxiri — Yaman — 7-a. boshi) — saxiyligi va olijanobligi bilan Sharq mamlakatlarida dong taratgan shaxs. Yamandagi Toy qabilasining boshligʻi, mashhur lashkar-boshi va shoir boʻlgan. Adlu inso-fi, saxiyligi va yaxshiligi bilan dastlab atrofdagi qabilalar, keyin butun Arabiston va Sharq xalqlari orasida Hotami Toy — Toy (qabila-si)dan boʻlgan Hotam nomi bilan shuh-rat qozongan. Uning saxovat va him-matiga qoyil qolgan Muhammad pay-gʻambar (sav) ham Toy sharofatidan uning avlodini eʼzozda tutishni buyurgan.

Sharq xalqlari ogʻzaki ijodi va yozma adabiyotida Hotami Toy haqida koʻplab afsona va rivoyatlar, qissa va dos-tonlar, hatto «Hotamnoma» kitobi yaratilgan. «Hotamnoma» dastlab arab tilida yaratilib, keyin forscha nus-xasi Oʻrta Osiyo xalqlari oʻrtasida keng tarqalgan. Oʻrta asrlardayoq kitob holida tarqalgan bu asar 18—19-a. larda hind, urdu, oʻzbek, turkman, ingliz va qisman rus tillariga tarjima qilingan. 19-a. da Oqsuvda muhammadhasan Olim forschadan turkiyga tarjima qilgan va u 1900-y. da Toshkentda «Hotamnomai turkiy» nomi bilan chop etilgan. Mazkur qoʻlyozma va toshbosma asosida prof. A. Matgʻo-ziyev 1988-y. da uni hoz. yozuvda nashr ettirgan.

Hotami Toy shoir sifatida ham mashhur. Saqlanib qolgan sheʼrlari arab adibi va xattot Rizqulloh Hassun tomonidan 1872-y. da Londonda chop qilingan.

Sharq xalqlari tillarida Hotam, Hotamtoy nomlari «saxiy», «qoʻli ochiq» maʼnolarini ifodalaydigan sifatga aylanib ketgan. I. V. Gyote «Gʻar-bu Sharq devoni»da oʻzini Hotam, maʼshuqasini Zulayhoga nisbat berib, qator sheʼrlar yaratgan.

Ad.: Hotamnoma, T., 1988.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x