HODI TOQTOSH

HODI TOQTOSH (taxallusi; asl nomi Toqtoshev Hodi Xayrullayevich) (1900.20.12, Tambov guberniyasi Spasskoye qishlogʻi — 1931.8.12, Qozon) — tatar shoiri. Tirikchilik tashvishi bilan 1915-y. da Buxoroga koʻchib kelib, 1917-y. voqealariga qadar shu yerda yashagan. 1921-y. Turkiston qoʻshinlari tarkibida Toshkentda xizmat qilgan, ayni paytda qisqa muddat Kommunistik un-tda tatar tili va adabiyotidan dars bergan. 1922-y. da Orenburgga borib, «Yoʻqsillar soʻzi» gaz. da ishlagan. Soʻngra Qozonga qoʻchib borgan va qizgʻin adabiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan.

Ijodi 1918-y. da boshlangan. U Sharq romantik sheʼriyati anʼanalari ruhida «Azroillar» (1916), «Oʻldirilgan paygʻambar» (1918), «Unutilgan qasam» (1921) singari sheʼrlar, «Yer oʻgʻlonlari» (1922) sheʼriy tragediyasini yozgan. Hodi Toqtoshning «Sirkida ovuli», «Dovuldan soʻng» (1924), «Mukamay» (1929) dostonlari, «Tong shabadasi» (1928—29) tugallanmagan romani va b. asarlarida 20-y. lardagi inqilobiy voqealar oʻz aksini topgan. Shoirning «Muhabbat tavbasi» (1927), «Alsu» (1929) dos-tonlari va «Yoʻqolgan goʻzallik» (1928) dramasida yoshlarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi bilan bogʻliq masalalar koʻtarilgan. Tataristonda jamoalashtirish kampaniyasining oʻtkazilishi mavzusiga bagʻishlangan «Komil» (1930) dramasi oʻz davrida tatar dramaturgiyasining taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Hodi Toqtosh tatar sheʼriyatiga yangi mavzular bilan birga yangi ohanglar olib kirgan, qofiya imkoniyatlarini kengay-tirib, tatar adabiyotini yangi sheʼriy shakllar bilan boyitgan.

H. T. Gʻafur Gʻulom, Gʻayratiy, Amin Umariy, Shokir Sulaymon va b. oʻzbek shoirlari bilan ijodiy aloqada boʻlgan. Uning «Kelajakka xatlar» (1931) dostoni va bir necha sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x