HASHAROTXOʻRLAR

HASHAROTXOʻRLAR (1p8es1ouoga) – sut emizuvchilar turkumi. Eng qad. va tuban tuzilgan yoʻldoshlilar. Boʻr davrida paydo boʻlgan. Hasharotxoʻrlar barcha yoʻldoshlilarning ajdodlari boʻlishi ham mumkin. Koʻpchilik Hasharotxoʻrlar besh barmoq-da, tovonda yuradi. Tishlari yaxshi ixtisoslashmagan, bosh miyasining hidlov boʻlaklari kuchli rivojlangan. 6 oilasi: tipratikanlar, tenreklar, tilla krotlar, yoriqtishlilar, yerqa-zarlar, sakrovchilar mavjud. Ayrim zoologlar vixuxolsimonlar, vidrasimon yerqazarlar, tupayyasimonlarni ham ana shu turkumga kiritishadi. Avstraliya, Jan. Amerikaning koʻp qismi, Antarktida va Grenlan-diyadan tashqari barcha qitʼalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda tiprati-kanlar va yerqazarlar oilalariga man-sub 6 turi: qora ignali tipratikan, quloqdor tipratikan, mitti oqtish, ola putarak, kichik oqtish, oq qorin oqtish tarqalgan. Koʻpchilik Hasharotxoʻrlar shomda faollashadi. Hasharotxoʻrlar oʻrmon xoʻjaligiga ziyon keltiradigan umurtqa-siz hayvonlarni qirib foyda keltiradi. Ayrim turlari ovlanadi. 8 turi Xalqaro Kizil kitobga kiri-tilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x