HARBIY UNVONLAR

HARBIY UNVONLAR — qurolli kuchlarning har bir harbiy xizmatchisi va zaxiradagi harbiy majburiyatli shaxsga ularning xizmat mavqei, harbiy va maxsus tayyorgarligi, oʻtagan xizmati muddati, qaysi qoʻshin yoki xizmat turiga mansub ekanligiga, shuningdek, koʻrsatgan xizmatlariga koʻra beriladigan unvon. H. u. harbiy xizmatchilarning oʻzaro munosabatlaridagi mavqelarini belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida» qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-y. 16-maydagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar shtat tuzilishini takomillashtirish haqida»gi farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida quyidagi harbiy unvonlar joriy etildi: Qoʻshin va kema tarkibidagi unvonlar: I. Oddiy askarlar tarkibi oddiy askar matros II. Serjantlar va starshinalar tarkibi kichik serjant 2-darajali starshina serjant 1-darajali starshina katta serjant bosh starshina III. Ofitserlar tarkibi Kichik ofitserlar tarkibi leytenant katta leytenant kapitan Katta ofitserlar tarkibi mayor 3-darajali kapitan podpolkovnik 2-darajali kapitan polkovnik 1-darajali kapitan Generallar tarkibi generalmayor general-leytenant general-polkovnik armiya generali Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali boʻlib, bu un-von (urush davrida) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qoʻmondoniga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga beriladi.

Yuridik yoki tibbiy yoʻnalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega boʻlgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishli «adliya» yoki «tibbiy xizmat» soʻzlari qoʻshiladi.

Ofitserlar Harbiy unvonlar ida mavjud boʻlgan «kichik leytenant», shartno-ma-kontrakt asosida xizmat qiluvchi harbiy xizmatchilarda mavjud boʻlgan «praporshchik» unvonlari bekor qilindi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x