HUDUD ul-OLAM

«HUDUD ul-OLAM» («Olam chegaralari») , «Kitobi hudud al-olam minal mashriq ilal magʻ-r i b» — tarixiy-geografik asar. nomaʼlum muallif tomonidan fors tilida 982—83 y. larda Juzjon viloyatida yozilgan boʻlib, shu viloyat hokimi amir Abul Xoris Muhammad ibn Ahmadga bagʻishlangan. Bu asar oʻz zamonasida ham, 19-a. oxirigacha ham shu nom bilan hech qaysi manbada qayd etilmagan; 1258-y. qayta koʻchirilgan. Asar boshqa nom bilan mashhur boʻlganligi taxmin etiladi. Asar jami 60 bob (maqola)dan iborat boʻlib, muqad-•dimadan keyin quruqliklarning chegaralari, dengiz va qoʻltiqlar, orollar, togʻlar, konlar, daryolar, choʻllar va qumlar, soʻngra jahondagi viloyatlar taʼrifi berilgan, shuningdek koʻplab etnografik va iqtisodiy maʼlumotlar keltirilgan. Muallif yerning obod qismini 51 viloyatga boʻlgan va uning 45 tasi ekvatordan shim. da 1 tasi ekvator ustida, 5 tasi ekvatordan jan. da degan. U qitʼalar haqida fikr yuritib yunonlar zamo-nidayoq dunyo 3 qismga: Osiyoi Akbar (Katta Osiyo), Libiya (Afrika) va Urupo (Yevropa)ga boʻlinganini aytib, har birining chegarasini koʻrsatib bergan. Asarda Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonga doir geografik, etn. maʼlumotlar koʻplab uchraydi. Xususan, Buxoro, Poykend, Sugʻd, Tavo-vis, Karmana, Kushoniya, Samarq-and, Kesh, Termiz, Kot, Fargʻona, Shosh va b. shahar va viloyatlar taʼrifi keltirilgan.

Asarning yagona qoʻl yozma nusxasini Abdulfozil Gulpoygoniy 1892-y. Buxorodan topgan. 1893-y. dan sharq-shunos A. G. Tumanskiyning shaxsiy kutubxonasida saklanib, 1924-y. Osiyo muzeyi fondiga berilgan. V. V. Bar-told «Hudud ul-olam ul-O.» matnini soʻzboshi va izohlar bilan rus tilida (1930), V. F. Minorskiy ingliz tilida (1937) nashr ettirgan.

Ad. Hasanov H., Sayyoholimlar, T., 1981.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x