SAPAYEVA

SAPAYEVA Mirzagul (1962.13.2, Qoraqalpogʻiston, Chimboy tumani) — aktrisa, xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (2002). Qoraqalpogʻiston xalq artisti (1994), Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan artist (1998). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1985). 1985-y. dan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatrida ishlaydi. Ona («Ona»), Maysara («Maysaraning ishi» operasida), birinchi qorakalpoq operasi «Ajiniyaz»da Ayborek, Oysanam («Suymaganga suykanma»), ShohsanamOshiq Gʻarib va Shohsanam»), Xonuma («Xonuma xonim»), Gulshara («Sharʼyar») kabi rollari bilan shuhrat qozondi. Sapayeva ijodi betakror, yoqimli va jarangdor ovozi, vokal imkoniyatlarini boyitib borishi, yangilikka intilishi, milliyligi bilan ajralib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x