SANJAR

SANJAR, Sulton Sanjar, Sulton Muiz addunyo vadDin Abul Xoris Sanjar ibn Malikshoh [1086. 6(27). 11, Jazira viloyati Sanjar sh. — 1157.26.4(7.5), Marv] — Saljuqiylar davlati sultoni (1118—57). Malikshohning kenja oʻgʻli. Akasi sulton Gʻiyosiddin Muhammad vafoti (1118-y.)dan soʻng taxtga oʻtirgan.

Sanjar Saljuqiylar davlatining sharqiy qismi tarkibiga dastlab Mozandaron, Tabariston, Seyiston, Kumis, Ray va Damgʻonni qoʻshib olgan va poytaxtni Marvga koʻchirgan. Movarounnahr va Xorazmni ham oʻz saltanatiga birlashtirgan. Sanjarning qudrati avjiga chiqqan vaqtlarda Gʻarbiy saljuqiylar sultonligi (Gʻarbiy Eron, Iroq, Ozarbayjon) va Qoraxoniylar davlati uning siyosiy taʼsiri ostida boʻlgan. Sanjarning nomi Qashqardan Yamangacha, Gʻaznadan Ummongacha, Kavkaz va Anatoliyadan Makka va Madinagacha xutbaga qushib oʻqilgan.

12-a. ning 40y. laridan boshlab Sanjarning kuchqudrati zaiflasha boshlagan. 1141-y. da Movarounnahrga sharkdan qoraxitoylarniyat bostirib kirishi b-n S. ning ham kuchi qirqilgan. Qatvon jangiaya saljuqiylar va qoraxoniylar S. boshchiligida oʻzaro birlashib qoraxitoylar va qarluklarga qarshi kurashsalarda, jiddiy magʻlubiyatga uchrashgan. Jang maydonidan atigi 6 ta otliq b-n zoʻrgʻa qochib qutulgan. Marvga yetib borgan. S Movarounnahrdan ajralgan.

Balx va Xuttalon atroflarida koʻchib yuruvchi gʻuzlar (oʻgʻuzlar) S. ga navbatdagi jiddiy zarbani berishgan. Aslida bu magʻlubiyatga Sanjarning ochkoʻz amirlari va lashkarboshilari sabab boʻlgan. Balx hokimi amirsipohsolor Koʻmach 10 ming kishilik qoʻshin bilan soliqlarning koʻpayganligiga qarshi qoʻzgʻolon kutargan gʻuzlarga qarshi yurish qilib, magʻlubiyatga uchraydi. Amir Koʻmach va uning tarafdorlari Sanjarni gʻuzlarga qarshi yurish qilishga koʻndirishgan. 100 ming kishilik ulkan lashkar toʻplagan Sanjar gʻuzlarning uzri va tovon tariqasida 50 ming ot va tuya, 200 ming qoʻy, 200 dinor va bir yillik xiroj toʻlash taklifiga rozi boʻlayotganda, urushqoq amirlar jang boshlashni talab qilganlar. Balx atrofida boʻlgan katta jangda sulton Sanjar lashkarlari magʻlubiyatga uchrab (jangda amir Koʻmach ham halok boʻladi), uning oʻzi asirga olingan (1153-y. iyul). Gʻuzlar Xurosonni egallab, Marv, Nishopur, Mashhad, Tuye va b. shaharlarni talashgan. Birok, gʻuzlar Sanjarga katta izzathurmat koʻrsatib, uni Balxda sulton sifatida faxriy tutqunlikda ushlab turishgan. Juvayniyning yozishicha, Termiz hukmdori Ahmad ibn Abu Bakr (amir Koʻmachning nevarasi) ming kishilik maxsus chavandozlar guruhini joʻnatib, Sanjarni gʻuzlar qoʻlidan qutqargan va Termizga olib kelgan (1156-y. okt.). Movarounnaxr, Xorazm va Xurosonning asosiy qismi qoʻldan ketganligini koʻrgan S. avvalgi qudratini tiklashga behuda uringan. 1156-y. noyab. da u Termizdan Marvga kelgan va poytaxt yaqinidagi Andarobod qalʼasida yashagan.

Sanjar saroyida oʻz davrining mashhur shoir va ulamolari toʻplangan. Sanjar Marv va b. shaharlarda koʻplab meʼmoriy obidalar qurdirgan. Sanjar xastalanib, vafot etgan. Qabri ustiga maqbara qurilgan (q. Sulton Sanjar maqbarasi).

Manba. Sadriddin Ali alXusayni, Axbor addaulat asseldjukiyya (Zubdat attavorix), M, 1980.

Ad.: Buniyotov 3., Anushtagin xorazmshohlar davlati (10971231), T., 1998; Oʻzbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1-qism, T., 2000; Termiz — buyuk chorrahadagi koʻhna va yangi shahar, T., 2001.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x