VENTIL FOTOELEMENTI — yorugʻlik energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantiradigan yarimoʻtkazgich asbob. Ishi fotoeffekt hodisasiga asoslangan. 1953-y. kremniy (Si) monokristallidan f. i. k. 6% boʻlgan Ventil fotoelementi olindi, keyinchalik f. i. k. 15% gacha yetkazidsi. F. i. k. 1% gacha boʻlgan oddiy Ventil fotoelementi asosan avtomatikada qoʻllaniladi. Kremniy Ventil fotoelementi sunʼiy yoʻldosh va kosmik kemalar bortiga ham oʻrnatiladi, oʻlchov asboblarini elektr energiyasi bilan taʼminlab turadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые