KODEKSLASH

KODEKSLASH, kodifikatsiya — qonunlarni tizimga solish; normativhuquqiy hujjatlar mazmunini qayta ishlash yoʻli bilan ularni bir butunlik-ka keltirish jarayoni. Kodekslashda mavjud normativ materialni shunchaki qayta koʻrish, joylashtirish bilan cheklanib qolmay, barcha mavjud normalar huquq tarmoqlariga muvofiq qaytadan koʻrib chiqiladi, qonunlarning eskirganlari olib tashlanadi, yangilari ishlab chiqiladi, kamchiliklari boʻlsa toʻldiriladi, alohida normalar oʻrtasidagi tafovut va qaramaqarshi jihatlar bartaraf etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan buyon fuqarolik, oila, mehnat, soliq, jinoiy, maʼmuriy javobgarlik qabilar toʻgʻrisida 15 ta kodeks qabul qilinib, amalga kiritildi. Har bir kodeks oʻz ichki mantiqiy mukammal tizimiga ega va uzoq muddatga moʻljallangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x