FOLKLORIZM

FOLKLORIZM — yozma adabiyotda qoʻllangan ogʻzaki poetik ijod materiali. Ilmiy adabiyotlarda Folklorizm «ikkinchi shakl» (K. Chistov) atamasi bilan ham yuritiladi. Yozma adabiyotda muallif yoki personaj nutqida qoʻllangan xalq maqollari, matal hamda iboralar odd i y F. sanaladi. Ijodkorning folklorga xos tasvir uslubiga ergashishi, folklor materialidan oʻz asarida foydalanishi, folklorga mansub syujet yoki motivni asariga olib kirishi va b. murakkab Folklorizm hisoblanadi. Asqad Muxtorning «Chinor», Turob Toʻlaning «Suyuk momo», Erkin Vohidovning «Ruxlar isyoni», Abdulla Oripovning «Kasam dara», Oʻtkir Hoshimovning «Parvona kuni» kabi asarlarida Folklorizmning yorqin namunalari bor. F. lar madaniy hayot rivojining hoz. bosqichida adabiyot va sanʼatning gʻoyaviybadiiy jihatdan uzluksiz taraqqiyotini taʼminlovchi bosh omilga aylandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x