FOYDALI QAZILMALAR KONI

FOYDALI QAZILMALAR KONI — geologik jarayenlar natijasida yer osti va ustida yigʻilgan mineral moddalarning mikdori, sifati va sanoatda foydalanishga yaroqli sharoitda toʻplanib yotishi. Gaz (uglevodorod tarkibli yonuvchi gazlar va geliy, neon, argon, kripton — yonmaydigan gazlar), suyuq (neft va yer osti suvlari) va qattiq (qimmatbaho elementlar, kristallar, minerallar, togʻ jinslari) foydali kazilmalardan iborat konlar mavjud. Sanoatda foydalanishiga koʻra, Foydali qazilmalar koni rudali, noruda, yonuvchi va gidrominerallilarga boʻlinadi. Undan tashqari, yer osti suvlari (ichimlik, texnik, balneologik yoki mineral suvlar hamda neftli, brom, yod, radiy tarkibli va b. suvlar) konlari mavjud. Foydali qazilmalar koni yer ustida (ochiq konlar) yoki yer ostida (yopiq konlar) boʻlishi mumkin. Foydali qazilmalar koni Yer pusti rivojlanishining hamma davrlarida hosil boʻlgan. Paydo boʻlish joylariga qarab geosinklinal va platforma F. q. k. ga ajratiladi. Konlarninghosil boʻlish sharoitiga qarab seriyalarga [sedimentogen (gipergen), magmat o gen (gipogen) va metamorfogen], seriyalar oʻz navbatida, guruh, sinf va kichik sinflarga boʻlinadi (q. Gipergen konlar, Gipogen konlar, Metamorfogen konlar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x