FLOBER

FLOBER (Flaubert) Gyustav (1821. 12.12, Ruan 1880.8.5, Kruasse, Ruan yaqinida) — fransuz yozuvchisi. Parij un-tining huquqshunoslik ftida oʻqigan. Yoshligidan hikoya, qissa yoza boshlagan. Asosan, «Bovari xonim» (1857) romani b-n shuhrat qozongan. «Salambo» (1862) romanida uzok. oʻtmishda (mil. av. 3-a. ning 2yarmida) Qad. Rimning Karfagenga qarshi kurashlari tarixi tasvirlangan, pok muhabbatni tahqirlagan zoʻravonlik, nohaqlik fosh etilgan. «Avliyo Antoniyning aldanishi» (1874) falsafiy dramasida, xususan, xristian dinining gʻayritabiiy qonunla rini Antoniy obrazi orqali keng ochib bergan. «Hislar tarbiyasi» (1869) romani, «Buvar va Pekyushe» (1881, tugallanmagan) hajviy romani, «Siyqasi chiqqan haqiqat» parodiyasi (nashri — 1910) bor. F. rus yozuvchilari I. Turgenev, L. Tolstoy bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlgan. Ijodi Rossiyadagi peshqadam adabiy jamoatchilik diqqatini oʻziga tortgan. M. P. Musorgskiy uning «Salambo» asari asosida opera yozgan. Isteʼdodli stilist boʻlgan Flober jahon adabiyotida realizm taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan.

As: Bovari xonim, T., 1976. Ad.: Reizov B. G., Tvorchestvo Flobera, M., 1955.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x