FLAGMAN (gollandcha) —1) flot yoki harbiy kemalar (eskadra, diviziya) qoʻshilmasi qoʻmondoni;
2) Qoʻmondon tushgan kema (F. kemasi)ning qisqartirilgan nomi;
3) 1935—40 y. larda sobiq SSSR HarbiyDengiz flotida admiral unvoni joriy qilinishiga qadar qoʻllanilgan harbiy unvon; oliy qoʻmondonlar tarkibiga berilgan (1va 2rang Flagman).