FITOFAGLAR

FITOFAGLAR (fito… va phagos — yeb qoʻyuvchi) — faqat oʻsimliklar b-n oziklanadigan organizmlar. Fitofaglar oʻsimlikning turli qismlari — unayotgan urugʻlar, ildiz, barg, poya, shoxlar, gul organlari va b. bilan oziklanadi. Fitofaglarning ozuqaga nisbatan ixtisoslashuvi turlicha. Haqiqiy Fitofaglarga koʻpgina hasharotlar mansub boʻlib, ular orasida poli va oligofaglar bilan bir qatorda monofaglar ham bor. Fitofagiya — ayniqsa, yuksak hasharotlar: moʻylovdor qoʻngʻizlar, bargxoʻrlar, uzuntumshuq qoʻngʻizlar, poʻstloqxoʻrlar oilasi, chigirtkasimonlar katta oilasi, toʻgʻriqanotlilar turkumi va b. ning vakillariga xos. Koʻpgina Fitofaglar ekinlarga katta zarar yetkazadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x