FIROQIYA

FIROQIYA (arab. — judolik, ayriliq) — Sharq mumtoz adabiyotida lirik sheʼr turi. Shoirning ayriliq, hijron kayfiyatlarini ifodalaydi. 2 xil boʻladi: a) yoridan, yaqin kimsasidan ajralish natijasidagi ruhiy azobni, judolikni ifodalovchi asarlar. Bularda lirik qahramonning muayyan muhit yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz yaqinidan judo boʻlganligi alam bilan kuylanadi: Ayrilib men yordin bir necha kun boʻldim judo, Axtarib keldim seni, gʻuncha dahonim, qaydasan? (Mashrab); b) qadimda shoir uz vatanidan judo boʻlganida, undan chiqib ketishga majbur qilinganida, boshqa mamlakatlarda yashab, elyurtini sogʻinib yozgan asarlari: «Adashganman», «Ayrilib qoldim» (Furqat).

Yod etmas emish kishini gʻurbatda kishi, Shod etmas emish kungulni mehnatda kishi. Koʻnglum bu gʻariblikda shod oʻlmadi, oh, Gʻurbatda sevunmas ermish, albatta kishi.

(Bobur).

Alisher Navoiy, Mashrab va b. ijodida ham Firoqiyaning yetuk namunalari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x