TURKMANBOSHI (1993-y. gacha Krasnovodsk) — Turkmanistondagi shahar (1896-y. dan). Kaspiy dengizining sharkiy sohilidagi yirik port. Kubadogʻ tizmasi etaklarida, 1962-y. dan dengiz t. y. paromi orkali Boku bilan bogʻlangan. Aholisi 58,9 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Turkmanboshi rus armiyasi harbiy istexkomi sifatida Kizilsuv (turkmancha «Goʻzoʻlsu») qishlogʻi yonida vujudga kelgan va ruscha Krasnovodsk deb atalgan. Neftni qayta ishlash, kema taʼmirlash zdlari, kurilish materiallari, oziqovqat (baliq konservalash va b.) sanoati korxonalari, tikuvchilik fkasi mavjud. Bir necha oʻrta maxsus bilim yurti, muzey bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые