TOSHBULOQ

TOSHBULOQNamangan viloyati Namangan tumaniyaagi shaharcha, tuman markazi. 1989-y. 18 okt. da tashkil qilingan. Namangan sh. dan 10 km gʻarbda. Yaqin t. y. stansiyasi — Namangan (10 km). Ahsshisi 13947 kishi (2003). Toshbuloqda «ToshbuloqTola» aksiyadorlik jamiyati, «RayhonTola» pillani qayta ishlash korxonasi, «Toshbuloq-Tekstil» toʻqimachilik korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Avtokorxona, dehqon bozori, madaniyat saroyi, madaniyat uyi, markaziy kutubxona va uning shoxobchalari, «Yoshlar markazi» ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, 2 kasbhunar kolleji, maqom va xor jamoalari, «Olvalizor gullari» ashula va raqs xalq ansambli bor.

Stadion, 2 tennis korti, 2 ta bolalar sport maktabi mavjud. Markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tez tibbiy yordam ilmiy markazi boʻlimi, markaziy dorixona, 5 xususiy dorixona, 2 xususiy kasalxona aholiga xizmat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x