SSINTILLYATSIYA

SSINTILLYATSIYA (lot. scintillatio miltillash) — ionlovchi nurlanishlar (mas, tez elektronlar) taʼsirida ssintillyatorlarda hosil boʻladigan qisqa muddatli (10~4 — 10~9s) yorugʻlik chaqnashi (lyuminessensiya chaqnashi). Ssintillyatsiyani dastlab ingliz olimi U. Krus ZnS ekranni azarralar bilan nurlantirihda kuzatgan (1903). Ssintillyatorning atom va molekulalari zaryadlangan zarralar energiyasi hisobiga uygʻongan holatga oʻtadi; atom va molekulalar uygʻongan holatdan asosiy holatga oʻtishida yorugʻlik chaqnashi — S. kuzatiladi. Ssintillyatsiyaning nurlanish spektri va yorugʻsizlanish davomiyligi lyuminessenlovchi modda (ssintillyator) tabiatiga, ravshanligi esa ionlovchi nurlanishning tabiatiga, zarralarning xiliga va bu zarralarning ssintillyatorning atom va molekulalariga uzatayotgan energiyasiga bogʻliq (mas, azarra va protonlarning Ssintillyatsiyasi Rzarraning Ssintillyatsiya siga qaraganda ravshanroq). Har bir Ssintillyatsiya bitta zarra taʼsirining natijasidir; bu hodisadan ssintillyatsion hisoblagichlarda elementar zarralarni qayd qilishda foydalaniladi. Ssintillyatsiya dastlab 1932-y. da litiyni tezlatilgan protonlar bilan bombardimon qilinganda uning yadrolarini parchalanishida kuzatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x