«KOʻMIR» AKSIYADORLIK BIRLASHMASI — Oʻzbekistonda yirik koʻmir qazib olish va sotish aksiyadorlik birlashmasi. Boshqaruvi Toshkent sh. da joylashgan. «Oʻzbekenergiya» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Dastlab 1927-y. da «Oʻrta Osiyo koʻmir» («Sredazugol») kti nomida tashkil etilib, Oʻrta Osiyo respubli-kalaridagi barcha koʻmir konlarini boshqargan. 1994-y. dan hoz. aksiyadorlik birlashmasi. Qoʻngʻir koʻmir, tosh-koʻmir, toshkoʻmir briketlari, yer os-tida koʻmirdan gaz, boyitilgan kaolin va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Birlashma tarkibida koʻmir qazib oluvchi «Angren», «Apartak» ochiq konlari, 9-shaxta, «Shargʻun», «Boysun» shaxtalari, «Yerostigaz» styasi va 20 ga yaqin korxonalar, tashkilotlar, ak-siyadorlik jamiyatlari bor. Birlash-mada 2001-y. da jami 2711 ming t koʻmir (2619 ming t qoʻngʻir koʻmir, 92 ming t toshkoʻmir) qazib olindi, 47 ming t koʻmir briketlari, 63 mln. m3 yer osti gazi ishlab chiqarildi. Birlashmada 10 mingga yaqin kishi mehnat qildi (2001). 1996-y. dan buyon AQSH, Yaponiya va Germaniya firmalari shartnoma asosida kon uskunalari yetkazib bermokda. Birlashma tarkibida Oʻzbekiston — Germaniya «Kaolin» qoʻshma korxonasi tashkil etilgan. 1999-y. da yiliga 200 ming t boyitilgan kaolin ishlab chiqaruvchi f-ka ishga tushdi. 2001-y. da 10,1 ming t kaolin eksport qilindi.
Hamroqul Xursanov.