BUXKINO

«BUXKINO» — Oʻrta Osiyodagi birinchi kino tashkiloti. BXSR bilan Leningrad «Sevzapkino» tashkiloti oʻrtasidagi shartnoma asosida tashkil qilingan (1924.21.4). Badiiytashviqiy, ijtimoiyxronikal filmlar i. ch., ularni ijaraga olish, sotib olish, kinoteatrlar qurish va ishlatish kabi masalalar bilan shugʻullangan. «Buxkino» oʻz faoliyati davomida respublikada boʻlayotgan muhim voqealarni aks ettiruvchi «Buxoro madaniy qurilish yoʻlida», «Oʻrta Osiyo boʻylab», «Moskvada Buxoro maʼrifat uyi», «Butun Buxoro qurultoyi» kabi hujjatlixronikal, «Oʻlim minorasi» (rej. V. Viskovskiy) va «Musulmon qiz» (D. Bassaligo) kabi toʻlametrajli badiiy filmlar chiqardi. Badiiy filmlari ancha boʻsh boʻlsada, tushunarli va soddaligi bilan ajralib turadi. Rollarni asosan chetdan taklif etilgan aktyorlar (N. Vendelin, V. Baranova, O. Frelix, O. Tretyakova, G. Levkoyev, X. Rohatova, R. Saydaliyeva va b.) ijro etdi. 1925-y. «Buxkino» Turkiston davlat kino tashkiloti («Turkgoskino») b-n birlashtirilib, Uzbek davlat kino tashkiloti («Uzbekgoskino») tashkil etildi.

Joʻra Teshaboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x