SUQSUR

SUQSUR, bigizdum (Anas acuta) — oʻrdaksimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uz. 70 sm ga yaqin, vazni 0,7 — 1,15 kg. Nari urchish davrida juda chiroyli: boshi va boʻyni toʻk qoʻngʻir, boshining tepa kismi yashil, binafsha tusda tovlanadi, koʻkragi oq, orqasi qora yoʻlli kulrang, qorni kulrang xolli oq (1nomi shundan); oʻrta boshqaruv patlari ingichka va uzun (2nomi shundan). Makiyoni qoʻngʻir, boshi va boʻyni sargʻish xolli, qorni kulrang. Yaxshi uchadi va suzadi. Uyasini yerga va oʻsimliklar orasiga quradi. 6—11 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 22—23 kun bosadi. Yilda 2-marta tullaydi. Oʻsimlik va suv umurtqa sizlari bilan oziqlanadi. Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikada keng tarkalgan. Gʻarbiy va Jan. Yevropa, Shim. Afrika, Osiyoning oʻrta va jan. kismida qishlaydi.

Ovlanadi. Oʻzbekistonda bahor va kuzda kushlar uchib utishi davrida uchraydi; ayrim yillari jan. xududlarda qishlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x